«Eng yaxshisi hali oldinda… », – bu iborani biz ko‘pincha qiyinchiliklarga duch kelganimizda, umidsizlikka tushganimizda yoki orzularimiz amalga oshmaganda o‘zimizdan ichki ovoz sifatida yoki yaqinlarimizdan eshitamiz.
Bir tarafdan, bu juda kuchli motivatsiyalovchi ibora bo‘lib, odamlarga ishonchni tiklashga, kelajakka umid bilan qarashga yordam beradi. Lekin, boshqa tarafdan, bu ibora tafakkur xatolarga olib kelishi mumkin.
Ijobiy tomonlari
Umidni saqlab qolish: Qiyin vaziyatlarda bu ibora odamlarga kelajakda yaxshilik bo‘lishiga ishonishga, umidini yo‘qotmaslikka yordam beradi. Ayniqsa, depressiya va stress bilan kurashayotganlar uchun muhim.
Sabr-toqatni rivojlantirish: Ishonchli kelajakka yo‘naltirilgan bu ibora, odamlarni sabrli va chidamli bo‘lishga undaydi. Darrov natija kutmaslik, jarayonni qadrlashga o‘rgatadi.
Motivatsiyani oshirish: Bu ibora, kelajakda yaxshiroq narsalar bo‘lishiga ishonish orqali, odamlarni harakatga, yangi imkoniyatlarni qidirishga undaydi.
Salbiy tomonlari
Kechiktirish: «Eng yaxshisi hali oldinda» degan fikr, ayrim odamlarda hozirgi vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilmaslikka, hammasi o‘z-o‘zidan yaxshi bo‘lib ketishiga ishonishga olib kelishi mumkin.
Bu kechiktirishga, ya’ni vaqtida qilinishi kerak bo‘lgan ishni kechiktirishga sabab bo‘ladi.
Realistik bo‘lmagan kutishlar: Bu ibora, odamlarda haqiqatdan ham ortiqcha yuqori kutishlarni shakllantirishi mumkin. «Eng yaxshisi»ning nima ekani noaniq bo‘lgani sababli, odamlarning noroziligi ham ortib ketishini, boriga ham noshukrlikni keltirib chiqaradi.
Noumidlikka olib kelishi: Agar uzoq vaqt davomida kutilgan «eng yaxshisi» yuz bermasa, bu ibora noumidlikka va hatto depressiyaga olib kelishi mumkin. Chunki, odamlar hayotdagi hamma yaxshilikni kelajakka siljitib, hozirgi kundan zavq ololmay qo‘yadilar.
Psixologik nuqtai nazardan xulosa qiladigan bo‘lsak:
«Eng yaxshisi hali oldinda», degan iboraning ta’siri, odamning shaxsiga, uning tajribalariga va hozirgi emotsional holatiga bog‘liq. Ba’zilar uchun bu haqiqatan ham kuchli motivator bo‘lsa, boshqalar uchun xavfli illyuziya bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun, bu iboradan foydalanganda, uning salbiy oqibatlarini ham hisobga olish kerak. Realistik maqsadlarni qo‘yish va hozirgi kundan zavq olishni o‘rganish muhim.
Kelajakka ishonish, umid bilan qarash yaxshi, lekin hozirgi kunni yashashni unutmaslik kerak!
Har qanday jozibali ko‘ringan kurslar, fikrlar va ilhomlantiruvchi motivatorlardan ehtiyot bo‘ling, toki real hayotingizdan uzoqlashib ketmasligingiz uchun.
Hozirgi kun bilan yashash kere. Bomasa hayot otib ketadi
Хает бир зумда утиб кетади
Одам кузини епиб очгунича. Шунга хар бир сония билан завкланиш кере
Хаммаси олдинда дидиган одам, бугунги кунига миннатдор бумиди
Hammasi oldinda, yaxshi kunlar oldinda, shunga ishoning
Zo’r yozilgan ekan.
Bugungi kun bilan qanday yashash mumkin?
klass
manam oldin xammasi xali oldindaa dirdm usha kunlarga keldim shkili alhamdulillah xali bundanda yahwilari oldindan inshaallah
Albatta! Bugungi kunga minnatdor bosek, kelajagimiz ham zor boladi
Qachon baxt keladi?
Komiljon qaconki sizga qanaqa sinov berilmasin allohga shukr qganz sari sizi mukofotiz yani sz aytayotgan baxt yaqinlashb keladi va hayotizi uzgartirvoradi asosiysi uwa kunlardaham allohni unutmasez baxtiz butun mukammal boladi inwaalloh ln br narsani unutmen xaqiqiy xayot xaqiqiy baxt jannatda
Assalom Alaykum hammaga Baxt izlaydigan insonlar eh baxtni topgincha umriz otib ketadi baxt insoni ichida berkinib yashaydi tiki did baxtni izlar ekansiz u topilmaydi baxt insoni topishi kerak inson baxtnimas quronda ham baxt bitta oyatda kelgan baxtlilar jannatda shundey ekan har but kunimizga shukr qilib yashayotkanimizni ozi baxtku