Milliarder va Virgin Group asoschisi Richard Brenson biznes bilan shug‘ullanishni boshlayotganlarga beshta maslahat berdi. Biznesmen vakolatlarni taqsimlash haqida hikoya qildi.
Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, Virgin Group ilk bosqichlarda vakolatlarni taqsimlashni o‘rganmaganida «chakana savdolar bilan shug‘ullanadigan kompaniyadan pochta orqali buyurtmalar bilan mashg‘ul 60 dan ortiq kompaniyalarni qamrab olgan global brendga aylana olmasdi». Shuning uchun Brenson vakolatlarni taqsimlash bo‘yicha o‘zi «bir necha yil davomida amal qilgan» maslahatlarni berishga qaror qildi.
O‘zingizning kuchli va kuchsiz jihatlaringizni aniqlang. Sizga kelib tushadigan vazifalar haqida o‘ylang. Biznesning qaysi jihatlarini yoqimli va zo‘riqishsiz, deb hisoblaysiz? Qaysi ishlarni mehnat ko‘p talab etadigan deb o‘ylaysiz? Do‘stlar, oila a’zolar va tengdoshlarning kuzatuvlari bilan qiziqing. Fikr va xulosalarni to‘plagach, ularni yozing.
Xuddi shuni biznes yoki takomillashish talab etiladigan sohalar uchun ham amalga oshiring. Bu biznes va jamoangizga yetishmaydigan ko‘nikma, aktiv, tajriba va shaxsiy jihatlar darajasini aniqlaydi.
Mavjud jamoani baholash uchun xulosalaringizdan foydalaning. Vakolatlarni taqsimlash va muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, jo‘shqin va xilma-xil jamoani yaratishingiz kerak. Odamlardan o‘zingizda yetishmaydigan jihatlarni izlang. Biznesni tushunadigan va uni yaxshilash yo‘llarini topa oladigan kishilarni topish uchun vaqt sarflang.
Iyerarxiyani o‘zgartirib, korporativ madaniyat yarating. U yerda har bir g‘oya qo‘llab-quvvatlanishi, muloqot ochiq bo‘lishi, har bir qaror esa hamkorlikka asoslangan bo‘lishi lozim. Yodingizda bo‘lsin, odamlar – sizning eng katta aktivingiz va ularga sarmoya kiritishingiz lozim.
Ana endi to‘g‘ri va iste’dodli jamoani yaratdingiz. Endi tinchlanib, umumiy holatni baholashni boshlashingiz mumkin. Shunga qaramay, biznesning barcha qismi bilan bog‘liqlikni saqlash muhim.
Asosiysi o’ziga ishonish