Oilada farzand tug`ilganda ota–ona qanchalik xursand bo`lishini hammamiz yaxshi bilamiz. Bir oilada farzand tug`ilganidan keyin oradan taxminan ikki yilcha vaqt o`tgach bir dono kishining oldiga bolani olib kelishib bolamiz yaxshi tarbiya olishi uchun ishni nimadan boshlasak yaxshi, deb maslaxat so`rashganida, o`sha dono kishi afsus sizlar bolangizga yaxshi tarbiya berish uchun ikki yilga kechibsizlar, deb aytgan ekan.
Darxaqiqat, bola xali onasini qornidaligida unga tarbiya berishni boshlashimiz kerak. Qanday qilib deysizmi? To`g`ri savol. Bola onasini qornidalik paytida ona ko`proq yoqimli musiqa eshitsa yoki ko`proq kitob o`qisa, bo`lg`o`si chaqaloq uchun biron narsa to`qish bilan mashg`o`l bo`lsa, albatta bolaga yaxshi ta`sir qiladi.
Endi faraz qiling, oilada har kuni urush janjal, ona bo`lar bo`lmasga siqilyapti bular albatta bolaning rivojlanishiga o`zining salbiy ta`sirini o`tqazmasdan qo`ymaydi. Shu o`rinda yana bir misol keltirsam maqsadga muvofiq bo`ladi deb o`ylayman.
Bir oilada chaqaloq dunyoga kelganidan keyin u juda yig`loqi bo`lib qoladi, onasi biron ish qilishga ham vaqt topa olmaydi. Shu davr ancha vaqt davom etadi va onasi chaqaloqni vrachlarga qo`rsatadi, afsus ular xech yordam bera olmaydilar, lekin vrachlar chaqaloqni psixologga ko`rsatishini maslaxat berishadi, lekin psixologlar ham yordam berisha olmaydilar. Onasi noumid bo`lib uyga qaytadi. Shu davr yana birqancha oylar davom etgach bir kuni onasi bolani uxlatadida, o`zi kir yuvish mashinasida chaqaloqni kiyimlarini yuvishni boshlaydi.
Shu payt chaqaloq yana yg`lay boshladi, onasi noilojlikdan chaqaloqni o`zi ishlayotgan xonaga olib kiradi, shu payt bola yig`lashdan to`xtab iljayadi. Onasi xayron bo`lib bolani yana boshqa xonaga olib chiqadi. Bola yana yig`lashda davom etadi, onasi bolani qaytarib mashina ishlayotgan xonaga olib kiradi, bola yana jim bo`lib kula boshlaydi.
Ona shu payt xech narsaga tushinmay darxol vrachlarga bo`lgan voqea xaqida tushintirib beradi. Vrachlar onasi xomiladorlik paytida nima ish bilan shug`ullanganligi xaqida so`rashganida, shu narsa ma`lum bo`ladiki, chaqaloqni onasi xomiladorlik vaqtida juda ham shovqin so`ron bo`lgan zavodda stanok yonida turib mexnat qilgan ekan.
Bundan shuni tushinish mumkinki, bolaga xali onasini qornidaligi paytida xam xamma narsa xarxil ta`sir qilishi mumkin ekan. Bizda shunday gap bor “nima eksang shuni o`rasan deydi”- dono xalqimiz. Demak bolaga yoshligidan yaxshi tarbiya berish, bu ota –onaning burchidir. Agar biron daraxtni yaxshi parvarish qilsak, kelajakda shu daraxt albatta yaxshi meva beradi. Bola xam shunday. Shuning uchun kelinglar, bolalarimiz tarbiyasi xaqida xozirdan o`ylaylik.
da ochen polezniy savet
xa bola yoshligidan juda tez urganib qoladi
Bolalarga qancha ko’p vaqt ketkazilsa bola uchun shuncha yahshi. Afsus bolalarga vaqt topish qiyin. Chunki asosiy vaqtimiz ishga, do’stlarga, telefizorga, internetga va hokazolarga ketadi. Ming afsus. Manimcha har bir ota ona o’ziga prioritetlarni belgilashi kerak. Muhim bo’lmagan narsalarni chetga surib asosiy ishlarga va farzanlarga ishlatishi kerak. Boshqa yo’l yo’q. Odam vaqtidan unumli foydalansagina hamma narsaga ulguradi.
Азимака жа акилли экансиз? Узизда фарзанд борми узи утирволиб умничит кивоссиз.
Azim siz uzizda qanday? Siz vaqtingizdan qanday unumli foydalanasiz? sababi bu kabi chiroyli so’zlarni ko’pchilik gapiraoladiyul, lekin shu vaqti kelib yana ro’zg’or tashvishlari deb o’z bollari bilan munosabat qilish eslaridan chiqib ketadi
to’g’ri etilgan so’zlar, hozir bu maqolaga unchallik ham jiddiy yondashmasligi ham mumkin ko’pchilu, lekin buni o’z farzandlari bo’ganda tushunishadi, prosta maslahatim buni kech bo’masdan bola tarbiyasiga vaqtida e’tibor berilar
Ha aqilliman. Man yozgan narsala juda foydali. Man ham juda zo’r otaman deyatganim yoq. Man ham shu haqiqatlaga tayanib yashashni istayman lekin o’lgur dangasaligim pand berib qo’yadi.