Bir kuni shogird o’z ustozidan so’radi:
– Ustoz, yaxshi ish kunini o’tkazish uchun qaysi kun eng muvvafaqiyatli hisoblanadi?
– Kun? – ustoz hayron qoldi.
– Balkim, haftaning kuni yoki oyning sanasi …
– A-aa, hafta kuni … – dedi ustoz. – Ha albatta. Bu kun – Chorshanba – deb ayyorona shogirdlariga qaradi. Ular esa daftarni olib, ustozi aytganlarini yozishni boshladilar.
– Sen nima uchun hech nima yozmayapsan? – deb kulib o’tirgan bir shogirddan ustozi so’radi.
– Ustoz, chunki, men keyin nima deyishingizni bilaman.
– Nima ekan? – deb so’radi ustoz va barcha talabalar jim bo’lib qolishdi. So’ngra yozmagan shogirdi dedi:
– Bu, shuningdek, Seshanba, Juma, Shanba, Dushanba, Payshanba va Yakshanba.
– Sen haqsan – dedi ustozi. – Lekin men birinchi Juma va keyin Seshanba kunini aytmoqchi edim.
Barcha shogirdlar ularning do’sti deyarli to’g’ri javob berganidan hursand bo’lishdi. Keyin shogirdlaridan biri so’radi:
– Ustoz, ketma-ketligi shunaqa bo’lishi kerakmi?
Ustoz to’g’ri javob bergan shogirdiga diqqat bilan qaradida, dedi:
– O’zing javob ber!
– Faqat bir kun – dedi u. – O’sha kuni – bugun.
Tushunmadim