Har bir inson hayotida bo‘lishi shart bo‘lgan 5 turdagi odam

Har bir inson hayotida bo‘lishi shart bo‘lgan 5 turdagi odam

Sizni ilhomlantiradigan odamni toping yoki o‘zingiz boshqalarga ilhom manbai bo‘ling.

1. O‘z ishining ustasi

Agar siz biror sohada eng yaxshilar qatoriga kirishni istasangiz, o‘zingizga savol bering: “Mening yo‘nalishimda eng yorqin, eng kuchli mutaxassislar kimlar?”
Aynan shu odamlar sizning ko‘zga ko‘rinmas ustozlaringizga aylanishi mumkin — siz ulardan tajriba olib, ko‘nikmalaringizni yanada mukammal qilasiz.

Atrofingizda sizga o‘xshash mahoratga ega bo‘lgan yoki undan ham yuqori bo‘lgan mutaxassislarni qidiring. Shunda sizda ular bilan yaqinroq tanishish, maslahat so‘rash va real aloqa o‘rnatish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Yon tomoningizda haqiqiy ustasi farang bo‘lsa, sizning rivojlanishingiz tezlashadi va imkon darajasida mukammallikka yaqinlashasiz.


2. Sizning manfaatlaringizni himoya qiluvchi inson

Bu — sizni notanish odamlar oldida yaxshi tomondan ko‘rsatadigan, sizni qo‘llab-quvvatlaydigan va doimo siz tomonda bo‘ladigan shaxs. Ayniqsa bunday odamning ish joyingizda bo‘lishi juda muhim.

Ko‘pincha bunday “advokat” — sizni sohangizdagi muhim insonlar bilan tanishtirib qo‘yadigan, kerak paytda eshiklarni ochib beradigan nihoyatda foydali tanish bo‘ladi.


3. Ikkinchi uchuvchi

Uni ishdagi eng yaqin do‘st deb ham atash mumkin. Bu shaxs loyihalarda ko‘mak beradi, ofisdagi har bir xodim bilan qanday munosabatda bo‘lishni maslahat qiladi va bir piyola qahva ustida barcha dardingizni tinglaydi.

Bunday aloqalar eng yaxshi rivojlanadigan vaziyat — o‘zaro ishonch, tenglik va mas’uliyatni bo‘lishishdir. Agar sizda “ikkinchi uchuvchi” bo‘lsa, ishingiz sifati ham, jarayonga bo‘lgan qiziqishingiz ham sezilarli ravishda oshadi.


4. Ilhom beruvchi inson

Bu odam albatta sizning kasbiy sohangizdan bo‘lishi shart emas. U do‘st ham bo‘lishi mumkin, oila a’zosi ham.
Ilhomlantiruvchi shaxs — siz eng shaxsiy his-tuyg‘ularingizni ishonib ayta oladigan, tinglay oladigan va to‘g‘ri so‘z topa oladigan inson.

Hammamiz ba’zan to‘siqlarga duch kelamiz, ikkilanish, xavotir yoki noaniqlik davrlarini boshdan kechiramiz. Shu paytlarda kimdir qorong‘ilik orasidan yorug‘likni ko‘rsatishi, ruhlantirishi juda zarur bo‘ladi.

Ilhomlantiruvchi inson ham xuddi sizni himoya qiluvchi kabi — sizga faqat yaxshilikni tilaydi. Shu bois u ustuvorliklarni aniqlashda, ish va shaxsiy hayot muvozanatini topishda eng oqilona maslahatchiga aylanishi mumkin. U sizning qadriyatlaringizni hech qachon unuttirib qo‘ymaydi.


5. Shogird

Kimlargadir ustoz bo‘lishning o‘zida katta foyda bor. Hatto shogirdingizdan ham ko‘p narsa o‘rganishingiz mumkin. U hali sizga qaraganda tajribasiz bo‘lishi mumkin, lekin dunyoga yangi ko‘z bilan qaraydi.

Bundan tashqari, shogird sizning liderlik ko‘nikmalaringizni baholashga, fikrlashni zamon bilan hamnafas tutishga va dunyoqarashingizni kengaytirishga yordam beradi.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Komiljon

    Maqolaning birinchi bo‘limida aytilgan “o‘z ishining ustasi”ni topish — bu ko‘pchilik e’tibor bermaydigan, lekin hayotda eng katta o‘sishga sabab bo‘ladigan omil. Haqiqatan ham, insonning yonida kuchli mutaxassislar bo‘lsa, u o‘z- o‘zidan yuqoriga intila boshlaydi. Menimcha, biz ko‘pincha atrofimizni tasodifiy odamlar bilan to‘ldiramiz, lekin aynan o‘rgansa bo‘ladigan ustozlarni tanlash — ongli qaror bo‘lishi kerak.

  2. Komiljon

    Ikkinchi turdagi odam — “sizning manfaatlaringizni himoya qiluvchi shaxs”. Bu juda to‘g‘ri aytilgan fikr. Ish jarayonida yoki yangi tanishuvlarda sizni himoya qiladigan, boshqalarga siz haqingizda ijobiy taassurot beradigan odamning qiymati beqiyos. Bunday inson bo‘lmasa, ko‘plab eshiklar ochilmay qoladi, natijada o‘sish ham sekinlashadi.

  3. Komiljon

    “Ikkinchi uchuvchi” haqidagi qism esa alohida ahamiyatga ega. Hammamizga ish joyida yonimizda turadigan, real ko‘mak bera oladigan hamkor kerak. Bu shunchaki do‘st emas — bu mas’uliyatni bo‘lishadigan, qiyin paytda yoningizda bo‘ladigan odam. Aynan shu turdagi odamlar tufayli ish jarayonidan zavq olish osonlashadi.

  4. Komiljon

    Ilhom beruvchi inson haqida o‘qib, menimcha maqolaning eng nozik nuqtasiga keldim. Chunki ilhom — har doim kasb bilan bog‘liq bo‘lavermaydi. Ba’zan bitta samimiy suhbat, bitta yaxshi fikr insonni butunlay boshqa yo‘lga boshlashi mumkin. Bunday odamning hayotda bo‘lishi — ruhiy barqarorlik uchun ham juda katta boylik.

  5. Komiljon

    Shogird haqida aytilgan fikrlar esa juda chuqur. Ko‘pchilik faqat o‘rganishni o‘ylaydi, lekin o‘rgatishning o‘zi ham katta maktab. Shogird sizni yoshartiradi, dunyoni yangicha ko‘rishga majbur qiladi, yangiliklarga moslashishga undaydi. Eng muhimi, u sizga rahbarlik fazilatlaringizni qayta ko‘rib chiqish imkonini beradi.

  6. Komiljon

    Umuman olganda, maqoladagi 5 turdagi odam — bu shunchaki maslahat emas, balki insonning psixologik, kasbiy va shaxsiy o‘sishi uchun kerak bo‘ladigan butun bir ekotizim. Yonimizda ustoz ham, himoyachi ham, yaqin hamkor ham, ilhom beruvchi ham, shogird ham bo‘lsa — rivojlanish tabiiy jarayonga aylanadi. Hayotni yaxshilash uchun yangi narsalarni o‘rganish kifoya emas, balki to‘g‘ri odamlar bilan o‘ralgan bo‘lish ham muhim.

  7. Menga bu maqola juda yoqdi, chunki unda aytilgan 5 xil odamning har biri hayotda juda kerakligini o‘ylab qoldim. Ayniqsa, “ilhom beradigan inson” va “ikkinchi uchuvchi” haqidagi qismi menga yaqin bo‘ldi. Maktabda ham yoningda seni tushunadigan do‘st bo‘lsa, o‘qish osonroq bo‘ladi. Shogird bo‘lish haqida o‘qib esa, odam boshqalarga ham o‘rgatishi mumkinligini tushundim. Umuman olganda, kimlar bilan birga bo‘lishimiz bizni kimga aylantirishini ham bilmay qolarkanmiz

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social