Har bir ota o`z farzandiga aytishi kerak bo`lgan 12 so`zlar!!!

Har bir ota o`z farzandiga aytishi kerak bo`lgan 12 so`zlar!!!

Har bir insonda ota bilan bog`liq hayotning yorqin xotiralar mavjud. Masalan, hovlida to`p o`ynash, uning qo`llarida aylanish, mehmonxonadagi kurash, baliq ovlash, tirda otish, raqslar, kulgi, futbol, ish va velosipedda uchish kabilar. Bu ajoyib hayotdir.

Afsuski ba`zi jahldor, ko`ngli toza emas va mexrsiz otalar salbiy his-tuyg`ularni yaratishlari mumkin. Balki ular ham yoshligida otalarini yo`qotgan yoki ichkilikka berilgan ota qo`lida o`sganliklari sababli shunday holatga tushgan bo`lishlari mumkin.

Tadqiqotlarga qaraganda, agarda otalar bolalarning hayotlarida faol ishtirok etishsa, bolalar o`qishda, ijtimoiy va emotsional sohalarda o`zlarini yaxshi ko`rsatishar ekan. Otaning bola hayotidagi o`rni juda muhimdir. Otalar bolalarning qanday yashayotganini, o`qishini va ularning ruhiy o`sishini his qila olishlari juda zarurdir.

Otaning so`zlari ham katta ahamiyat kasb etadi. Farzandlar ularni eshitishlari kerak. Bolalar kechirimdan va dalda so`zlardan katta ozuqa olishadi. Shuningdek, ota og`zidan sevgi so`zlarini eshitishlari lozim. Otaning yurakdan aytilgan dono so`zlari farzandlargi yorqin kelajak ato etishi mumkin.

Har bir ota o`z farzandiga aytishi kerak bo`lgan 12 so`zlar, albatta bundan ko`prog`i ham bo`lishi mumkin:

1. Men seni doimo qanday bo`lsang shunday yaxshi ko`raman. Hech narsaga qaramasdan. Shartsiz (shunchaki) va bu hech qachon o`zgarmaydi.

2. Men senga ishonaman. Sen buni qila olasan. Buning iloji bor. Sen g`olibsan.

3. O`z umr yo`ldoshingni sevgin.

4. Men sen juda yaxshi bilanman. Hatto sen buni ko`rmasang ham, ishon men sen haqingda o`ylayapman.

5. Men sen bilan fahrlanaman. Sen muhimsan. Bu dunyoda sen ko`p narsaga erishasan.

6. O`zingni va boshqalarni hurmat qil.

7. Men uchun, sen muhimsan, sening obro`ing yoki puling emas.

8. Agar men senga nisbatan nohaqlik kilgan bo`lsam meni kechirgin.

9. Men sen uchun duo qilaman.

10. Ish bu qiyin. Boshqalarga ham berishni o`rgan.

11. O`zingni qattiq ayblama. Tabbasum kil.

12. Mard bo`l. Kuchli bo`l. Doim esingda tut, qo`rqish bu normal holat.

Agarda siz bunday gaplarni eshitmagan bo`lsangiz va sizda bularni o`z farzandlaringizga aytish imkoniyati mavjuddir.

Otalar, siz farzandingiz hayotida muhim o`rinda turasiz. Sizlar kahramonlarsiz.

Aql bilan yashang! Yaxshi yashang! Kuchli bo`ling!

Manba: Creu.ru

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    Мен сени доимо қандай бўлсанг шундай яхши кўраман. Ҳеч нарсага қарамасдан. Шартсиз (шунчаки) ва бу ҳеч қачон ўзгармайди.

  2. Xusan Abduvaliyev

    Ha, chindan tog’ri gaplar. Ko’p Otalar buni o’z farzandlariga aytishmagan (balki buni o’qishmaganliklari uchundir) smile

  3. Рустик

    Жуда яхши фикр билдирибсизлар. Афсус буларни маданиятимизда жуда кап учратамиз. Айниқса қизларга нисбатан. Бундай гапларни хар бир ота она қўллаши керак деб ўйлайман.

  4. Shaxboz

    Men bunday gaplar haligacha eshitmaganman.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social