Stiv Jobs 1992-yilda Massachusetts Texnologiya Institutida menejment maktabida ma’ruza o’qishga taklif qilindi. U o’z nutqi paytida Apple kompaniyasida va NeXTda ishlash tajribasi bilan o’rtoqlashdi. Ma’ruza oxiriga kelib unga u “Apple” dan olgan eng muhim olgan darslik va endi NeXTga ishlatayotgan haqida so’rashdi.
Stiv Jobs biroz o’ylanib shunday deb javob berdi: “Hozir men xodimlarga uzoq muddatli istiqbol nuqtai nazaridan qarayman. Agar biror narsani noto’g’ri deb bilsam, uni tuzatishga shoshilmayman. Biz jamoa qurmoqdamiz. Va kelgusi o’n yil ichida katta ish bilan shug’ullanamiz, faqat bir yilda emas. Shuning uchun men xatoni qanday tuzatishni emas, balki bu kishiga qanday yordam berishni o’ylayman”.
Har qanday rahbar uchun asosiy maslahat: xodimlaringizni o’rgating, xatolarini tuzatmang.
Agar sizning jamoangizda kimdir muammoga duch kelsa yoki xatoga yo’l qo’ysa, o’zingizni ushlash turish qiyin. Lekin bu uzoq muddatda bir odamga va butun kompaniyaga yordam bermaydi. Xodimning xatosini unga ta’lim berish imkoniyati sifatida foydalaning.
Misol uchun, siz o’zingizni xuddi shunday qilgan holatlar bilan bo’lishing. Ulardan qanday saboq olishganini aytib bering. Tajribangiz uni yangicha narsalarga qarashga undashi lozim. Biroq, bu kishi o’z muammosiga o’z yo’li bilan yondashishi mumkinligini tan oling. Shunda xodimlar sizni nafaqat xo’jayin, balki o’qituvchi va murabbiy sifatida ko’rishadi.
Bundan tashqari, ishonchni mustahkamlash uchun xodimlarning xatolaridan foydalanish mumkin. Sizning jamoangiz har doim ularni qo’llab-quvvatlashingizni bilishi kerak. Agar siz xodimlarni ilhomlantirsangiz, ularni xatolari uchun kamsitishdan ko’ra, ularning motivatsiyasi oshadi.
Esingizda bo’lsin: xatolardan qochib qutilib bo’lmaydi. Biror narsa yuz berganda, vaziyatni uzoq muddatli nuqtai nazardan ko’rib chiqing. Tajribangizni baham ko’ring va xodimni biror nima o’rganishiga yordam bering. Buning uchun barcha jamoa sizdan minnatdor bo’ladi.
Raxmat.