Har qanday yoshda o‘zini baxtli his qilishga yordam beradigan omil aniqlandi

Har qanday yoshda o‘zini baxtli his qilishga yordam beradigan omil aniqlandi

Atrofdagilarga bo‘lgan ishonch odamni baxtliroq qiladi va aksincha: inson qanchalik baxtli bo‘lsa, boshqalarga ishonishi ham shunchalik oson bo‘ladi. Utrext universiteti va boshqa bir nechta ilmiy tashkilot olimlari 2,5 milliondan ortiq odam ishtirok etgan qariyb mingta tadqiqotni tahlil qilib, ana shunday xulosaga keldi.

Bu ta’sir qisqa muddatda ham, uzoq muddatda ham namoyon bo‘ladi: boshqalarga ishonadigan odamlar vaqt o‘tishi bilan yanada baxtliroq bo‘lib boradi, baxtli odamlar esa ko‘proq ishonuvchan bo‘la boshlaydi. Tadqiqotchilar bu holatni “ishonch va baxtning o‘zaro bog‘liq aylanasi” deb atamoqda.

Baxt hissiga eng kuchli ta’sir qiladigan omil bu yaqinlar, ya’ni do‘stlar, qarindoshlar va hamkasblarga bo‘lgan ishonchdir. Keyingi o‘rinda notanish odamlarga nisbatan umumiy ishonch turadi. Eng oxirida esa davlat, turli tashkilotlar va hukumat tuzilmalariga bo‘lgan ishonch joy oladi. Bu turdagi ishonch ham hissiy holatga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.

Ishonch va baxt o‘rtasidagi bog‘liqlik ayniqsa bolalar, o‘smirlar va keksalar orasida kuchliroq namoyon bo‘ladi. Yoshlar uchun ishonch muhim ijtimoiy aloqalarni shakllantirishda ahamiyatli bo‘lsa, yoshi kattalarda atrofdagilar yordami va qo‘lloviga ehtiyoj kuchaygani sababli dolzarb bo‘lib qoladi. O‘rta yoshdagi odamlarda bu bog‘liqlik unchalik kuchli emas, chunki bu yoshda insonlar odatda mustaqil bo‘ladi va ish faoliyatiga ko‘proq e’tibor qaratadi.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, aholining bir-biriga o‘zaro ishonchi kuchli bo‘lgan a mamlakatlar, masalan, Finlyandiya va Daniyada insonlar o‘zini yanada baxtli his qiladi. Olimlar bunday jamiyatlarda psixologik salomatlik uchun yanada qulay muhit yaratilishini mumkinligini qayd etmoqda.

Olimlarning aytishicha, ishonch va baxt bir-birini qanday mustahkamlashi haqida tushuncha bo‘lishi, odamlarning ruhiy holatini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy loyihalar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Kommentlar: 12 komment. 12 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gulmira

    Ajoyib maqola ekan

  2. Gulmira

    Baxt juda galati narsa, hammada har xil boladi

  3. Gulmira

    Kimdir pulda baxt topadi, kimdir sevgida, kimdir soglom bolishida

  4. Gulmira

    Lekin hammada bir xil boladi, yurak baxtga toladi, odam quvonadi

  5. Gulmira

    Asosiysi bu baxt toliqona his qilish va undan zavqlanish

  6. Gulmira

    Boshqalar bilan ulashishni ham unutmang heart

  7. Tori etas, baxt eng muhim narsa, sevgi bilan birga heart

  8. Xudoim hammaga baxt bersin heart

  9. Baxtli insonlar hozir juda kam

  10. Dolmira

    Baxtim bolamda heart

  11. Shodiya

    Kim ozini baxtli hisoblidi?

  12. Man hisobliman, ota onam yonimda, sog salomat, bunday kotta baxt boladimi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social