Hayotimizni nima bilan o`lchaymiz…

Hayotimizni nima bilan o`lchaymiz…

Djordj Karlin 70-80-yillarning mashxur askiyabozi va hajviyachisi, uning xotini vafot etganida u bugungi kunga ham dolzarb bo`lgan bir ajoyib maqola yozgan edi. Uning maqolasi quyidagicha yozilgan edi:

“Bizning vaqtimizdagi sog`lom aqlga zid fikr shundaki, biz yuqori binolarga egamiz ammo sabrimiz past, yo`llarimiz keng ammo qarashlarimiz tor.

Ko`proq harajat qilamiz, ammo kamiga egamiz, ko`p harid qilamiz, ammo kam quvonamiz. Katta uylarga ega bo`lamiz, ammo kichkina fikr yuritamiz, yaxshi kulayliklar juda ko`p, ammo vaqtimiz kam bo`ladi. Yaxshi ta`limga ega bo`lamiz, ammo aqlimiz zaifroq bo`ladi, yaxshi bilim, ammo vaziyatlarni yomon baholaymiz, ko`proq ekspertlarga ega bo`lamiz, ammo ko`proq muammolarimiz ham bo`ladi, yaxshi tibbiyotga egamiz, lekin juda ko`p kasaliklarga egamiz.

Ko`p ichamiz, ko`p chekamiz, ko`p harajat qilamiz, kamroq kulib turamiz, tez xaydaymiz, tez g`azablanamiz, uxlashga kech yotamiz, charchagan bo`lib uyg`onamiz, kamroq o`qiymiz, ko`p televizor ko`ramiz.

Juda ko`p gapiramiz, juda kam sevamiz va juda ko`p nafratlanamiz. Qanday qilib tirik qolishni bilamiz, ammo qanday yashashni bilmaymiz. Inson hayotiga yillar qo`shamiz, lekin yillarga hayotni qo`shmaymiz.

Oygacha borib qaytdik, ammo qiyinchilik bilan yo`lni kesib o`tib, yangi ko`shnilar va insonlar bilan do`stlashamiz. Koinot fazoni zavq etib, ruhiy fazo haqida unitamiz. Katta ishlar qilamiz, ammo eng yaxshilarni emas.

Havoni tozalaymiz, ammo ruhimizni kir qilamiz. O`zimizga atomni bo`ysundiramiz, ammo f`el atvorimizni emas. Ko`proq yozamiz, ammo kam o`rganamiz. Ko`p narsalarni rejalashtiramiz, ammo kamiga ega bo`lamiz. Shoshilishni o`rgandik, ammo kutib turishni emas. Yangi komp`yuterlarni kashf etamiz, ular ko`p ma`lumotlarni saqlashadi va ko`p nushalarni chiqarishadi, biroq kam munosabat qilamiz.

Bu vaqt tez ovqatlanish va yomon oshqozon vaqti, katta odamlarni va kichkina ruhlar, katta maoshlarni va qiyin o`zaro munosabat. Oilaviy daromadlarni o`sishi va ajralib ketishining rivojlanishi, chiroyli uylarni va buzilgan oilaviy o`choqlarni vaqtidir.

Qisqa masofa vaqti, bir foydalanish uchun tagliklar, bir marotabali axloq, bir kecha uchun aloqa; ortiqcha vazm va xamma narsa qiladigan dorilar: bizni qo`zg`attiradi, tinchlantiradi, o`ldiradi.

Esingizda tuting, kimni sevsangiz ularga ko`proq vaqt ajrating, chunki ular sizlar bilan vaqtincha bo`lishadi.

Eslab turing va yaqin insonni, ota-onani kuchoqlab turing, chunki yagona hazinani siz yuraqdan bera olasiz va u bir tiyin ham turmaydi.

Estda tuting va sevgan insonizga ayting “sevaman” deb, biroq oldin haqiqatdan ham buni sezishingiz kerak. Birgina shirin so`z insonni naqadar bahtli qilishi mumkin.

Estda tuting, yaqin insonlaringizni qadrlang, chunki bir kun bu inson yoningizda bo`lmasligi mumkin.

Sevgi uchun vaqt toping, munosabat uchun vaqt ahtaring. Chunki hayot nafas bilan o`lchanmaydi, hayot ruhimiz zavq oladigan vaqtlar bilan o`lchanadi!”

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    Judaham to’g’ri narsakarni yozgan. Haqiqatdan ham biz ko’p narsalani qadriga yetmaymiz

  2. Juda mazmunli chiqibti

  3. good good yaxshi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social