Hayotning muhim onlarini o’tkazib yuborma. Harakat qil!

Hayotning muhim onlarini o’tkazib yuborma. Harakat qil!

Inson butun hayoti davomida o’zining ishini ochmoqchi edi… va buning imkoniyati ham bor edi, biroq o’z ishini ochmadi. Sevish va sevilish imkoniyati bor edi, biroq hech kimni haqiqatdan seva olmadi. O’z kitobini yozish, film suratga olish, rasm chizish, biznes loyihani ishga tushurish va hakazoga imkoniyatlari bor edi… biroq!

Inson bu imkoniyatlarni yo’qotdi. Nimaga kimdir imkoniyatlarni yo’qotadi? Omad va baxt inson yonidan shunchaki o’tib ketishini hech kim istamaydi, shundaymasmi?

Hamma gap bizning insoniy himoya tizimlaridadir. Bir tarafdan ular bizni xavfli va o’ylamay qilingan harakatlardan himoya qilishi mumkin. Ikkin tarafdan biz ijobiy imkoniyatlardan ham uzoqlishtirishi mumkin. Qanday qilib mazkur himoya tizimlari ishlaydi?

Agarda siz biror yangi narsaga to’qnash kelsangiz, sizda qandaydir havotir va his-tuyg’ular paydo bo’ladi. Ular sizni oldingi tinch holatga qadam tashlashga majbur qiladi. Yangi ish, yangi tanishlar, g’oyalar, kitob, ma’lumot, yangi biznes, yangi joy yoki yana shunga o’xshash yonimizdan o’tib ketishi mumkin. Barcha yangi narsalarda bizning himoya tizimimiz ishlashni boshlaydi.

Havotir senga shunday deyishi mumkin: “To’xta, u yerga borma yoki buni qilma, bu xavfli bo’lishi mumkin”. Albatta, o’zingni asrash uchun, ba’zi vaziyatlarda orqaga qadam tashlash kerak.

Ammo ko’plab vaziyatlarda havotir chaqirgan narsa hayotga va sog’likga hech qanday zarar etkazmasligi mumkin. Katta sahna oldida chiqish qanday xavfni olib kelishi mumkin? Yoki notanish insonlar bilan munosabat qilish? Shaxsiyatda o’sish, hayotni o’zgartirish uchun har doim dadillik bilan noaniqlikga qadam tashlashdir, yangilik yaratish?

Umuman olganda, inson aniqlik va noaniqlik orasidagi tanlovda aniqlikni tanlaydi va shuning bilan ijobiy imkoniyatlarni qo’ldan boy beradi.

Tanishish, uchrashuvga taklif qilish yoki yo’q? – Yo’q.
O’z ishini ochish yoki yo’q? – Yo’q.
Tavakkal qilib yangi ishda o’z qobiliyatlaringni ko’rsatish yoki yo’q? – Yo’q.
Yordam so’rash yoki yo’q? – Yo’q.
Universitetga o’qishga kirish yoki oldingi joyda ishlash? – Yo’q.
Va hokazo.

Har doim inson aniqlikni tanlaydi, o’rganganini, bilgan yo’l’ni va tajribani tanlaydi. Endi inson nima uchun ijobiy imkoniyatlarni yo’qotishi mumkinligni tushungandirsiz? Chunki yangi imkoniyatlar aniqlikning tashqarisida bo’ladi, yangi imkoniyatlar aniq bo’lmagan kelajakga sakrashga chorlaydi. Hatto, nima bilan tugashini bilmasangiz ham, Qaror qilib yangi narsani qilish kerak.

Har bir yangi kun sizga ko’plab imkoniyatlarni beradi, yangi narsalarni tanlash va tanlamaslik bu sizning qaroringizdir.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social