Bir go’zal qizcha ikkita olma ushlab turar edi. Shu vaqtda uning onasi kelib, tabassum va muloyimlik bilan kichkina malikadan so’radi:
“Asalim, sen onanga ikki olmadan birini bera olasanmi?”.
Qizcha bir necha soniya onasiga qarab turdi, keyin esa birdan qo’lidagi bir olmani tishladi va ikkinchi olmani ham tezda tishladi.
Shu vaziyatda onaning tabassumi yo’qoldi va u xafa bo’lganini ko’rsatmaslikga harakat qildi.
Shu payt qizcha birdaniga tishlagan olmalardan birini uzatdi va shunday dedi: “Oyijon oling, bu eng shirini”
Xulosa:
Siz qanchalik yoshi katta, tajribali va bilimdon inson bo’lishingizda qat’iy nazar, hech qachon boshqalarni hukm qilishga shoshilmang. Ularga tushuntirish uchun imkoniyat bering. Siz ko’rib turgan narsa aldamchi bo’lishi mumkin.
Masalan, do’stlaringiz orasida kimdir umumiy hisobni to’lamoqchi bo’lsa, shu ishni boshqalardan boyroq bo’lgani uchun emas, balki u do’stlikni puldan yuqori qadrlagani uchun qiladi.
Kim nizodan keyin birinchi uzur so’rasa, buni shunchaki noto’g’ri bo’lgani uchun emas, balki ular oddiy baxsdan ko’ra munosabat muhim ekanligini tushunishadi.
Sizga yordam berish uchun tayyor bo’lganlar, bu narsa shart bo’lgani uchun emas, balki ular sizni do’st sifatida ko’rgani uchun qiladilar.
Juda ham ta’sirli hikoya!! To’g’risi, men ham oldindan bilmasdan ayblab tashlashim mumkin.
Qiziq hikoya. Nega biz tezda birovlarni ayblab tashlaymiz? BU bizning tabiatimiz shunday mi? yoki boshqa narsalar ham bormimikan…. ??
Laziz, ochiq aytib o’tganingiz uchun rahmat!
Sarvinoz, juda o’rinli savol beribsiz. Insonlar boshqalarni ayblashadi, chunki ular:
– hamma ham xato qilishi mumkinligini unutishadi
– muammoning asl sababini bilmasliklari mumkin
– ayblovni himoya mexanizmi sifatida ishlatishadi
– va boshqa narsalar
Yana kim nima deya oladi?
bu bizani insoni tabiatimizdir! kim ozini aybdorligini tan olishni xoxlaydi? xech kim! shunin uchun boshqa aybdorni qidiramiz!