Olimlar ish vaqtidagi tanaffusda 5 daqiqaga o’yin o’ynashni maslahat berishmoqda. Chunki bu jimjitlikda o’tirish yoki meditatsiya qilishdan ko’ra samaraliroq ekanini tasdiqlashdi.
Markaziy Florida universiteti tadqiqotchilari, besh daqiqalik tanaffusda o’yin o’ynash kayfiyatni yaxshilaydi va aqliy ishdan keyin kuch saqlab qolish uchun yordam beradi deb topishdi.
“Biz, odatda, kuch qolmagan bo’lsa ham oxirgi irodani to’plab va ishni bajarishga harakat qilamiz, lekin bir necha daqiqa dam olish ancha samaraliroq bo’ladi. Qisqa vaqtga dam oling va zavq beradigan va zaryad bilan to’ldiradigan bir narsa qiling: masalan, o’yin o’ynash yaxshiroqdir” – deb psixolog Maykl Rapp (Michael Rupp) aytib o’tdi.
Tajriba davomida ishtirokchilarning dastlabki kayfiyati o’lchandi. So’ngra, ishtirokchilar ozgina charchashga sabab bo’lgan vazifani yakunladilar va ularning kayfiyati qayta baholandi. Shundan so’ng, ularga dam olish uchun besh daqiqa berildi. Ishtirokchilar uch guruhga bo’lindi: kimdir o’yin o’ynadi, boshqalar meditatsiya qilganlar, qolganlar esa telefon va kompyutersiz jim o’tirishgan. Tadqiqotchilar tanaffusdan keyin ishtirokchilarning kayfiyatini yana bir bor baholadilar.
Video o’yinlarni o’ynaganlarning kayfiyati sezilarli darajada yaxshilandi. Sukut saqlab o’tirganlarning kayfiyati esa yomonlashgan. Bu tadqiqot birinchisi emas, 2014-yilda ham ishdan qutulishga va stressni kamaytirishga o’yinlar yordam berishi aniqlangan.
Shunday ekan, hamma narsa menga joiz ekan, lekin hamma narsa ham foydali emas. O’yinlarga berilib ketish ish samaradorligini keskin pasaytirib yuborishi mumkin. Shuning uchun, barcha narsaning o’z me’yori bo’lishi shart!!!
Kech qurun uyda o’ynasachi? Yordam bo’ladimi?