Iste’dod yoki oliy ma’lumot – qay biri muhim?

Iste’dod yoki oliy ma’lumot – qay biri muhim?

Iste’dod yoki oliy ma’lumot – qay biri muhim? – ushbu savol borasida ko’p muhokama qilsa bo’ladi. Biroq bir qator omillar shuni ko’rsatadiki, ijodiy faoliyat turi bilan shug’ullanadigan insonlar uchun birgina oliy ma’lumotning o’zi etarli emas. Misol uchun dizayner oliy ma’lumotli emas, balki U iste’dodli bo’lishi talab etiladi. Dizayner uchun oliy ta’lim muassasasini tugatganligi haqidagi diplom qay darajada muhim deb o’ylaysiz?

Bir tarafdan oliy ta’lim insonning huquqiy holatini, bilim va jamiyatdagi o’rnini aniqlab olishiga yordam bersa, boshqa tarafdan esa – iste’dodli dizayner universitet diplomisiz ham muvaffaqiyatga erishishi mumkin.

Biz ko’plab mashxur insonlarning o’z iste’dodiga tayanib ulkan  yutuqlar va yaratgan yangiliklari haqida o’qib guvohi bo’lib kelmoqdamiz.

Ammo faqatgina iste’dod  bilan bugungi zamonaviy jamiyatda ulkan yutuqlarga erishish juda qiyin. Chunki hozirgi rivojlangan jamiyat inson oldiga ulkan talablarni qo’ymoqda. Masalan, kasb-hunar kolledji yoki oliy ta’lim muassasasi diplomi bo’lmasa Sizni osonlikcha ishga qabul qilishmaydi.

Oliy ta’lim muassasasi insonga nima beradi?

Oliy ta’lim insondagi bor iste’dod va qobiliyatni yanada yuksak cho’qqiga chiqazish, kelajakdagi kasbi uchun kerakli bilim va ko’nikmalarni berish uchun xizmat qiladi. Har bir inson uchun o’z faoliyati davomida oliy ta’lim muassasasi muhim strategik ahamiyatga ega. Lekin shuni ham esdan chiqazmaslik kerakki, hozirgi kunda oliy ta’lim mussasasini bitqaziyotgan barcha yoshlarimiz ham o’z yo’nalishlari bo’yicha faoliyat olib bormayaptilar, yoki bo’lmasam yangi ish joylariga kelib ko’p narsalarni boshidan o’rganishlariga to’g’ri kelmoqda.

Inson o’z umrining 4-6 yoki 10 yilini “oliy ma’lumotli” degan nomga ega bo’lish uchungina sarflash bilan ish bitmaydi. Har bir inson o’sha davr maboynidan o’z yo’nalishi bo’yicha chuqur bilimga ega bo’lishi va o’zidagi qobiliyat va iste’dodini rivojlantirishi lozim.

Oliy ta’lim – bu jarayon, unda iste’dodli inson o’z qobiliyatlarini ochadi, rivojlanishga o’rganadi va oldiga dadil qadam quyadi, ko’p yangi bilimga ega bo’ladi.

Iste’dodga ega bo’lish nima degani?

Dizayner uchun iste’dod – bu muvaffaqiyatga tog’ri yo’l. Inson o’zidagi iste’dodini topishi oson ish emas. Ammo uni topgan inson esa albatta hayotda o’z o’rnini topadi.

Iste’dodning oliy ma’lumotdan asosiy farq – bu tug’ma. Hech qanday ta’lim biron bir ishga sevgini uyg’ota olmaydi. Ko’pincha oliy ta’lim diplomiga qaraganda iste’dodni yuqori baholashadi,.

Yuqorida aytib o’tkanimizdek, diplomsiz yaxshi dizayner bo’lishingiz mumkin, lekin diplom sizga sizga hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Iste’dod bilan diplom birgalikda istalgan sohada muvaffaquyatga erishish uchun eng yaxshi qurol hisoblanadi.

Fikrimiz so’ngida bir haqiqatni ham aytib o’tish lozim deb topdik: iste’dodni sotib olib bo’lmaydi. Shunday ekan, birgina diplom bilan o’z sohangiz etuk mutaxassisi bo’lishingiz qiyin.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Amirxon

    Tinmasdan ishlamasa hech qanday iste’dod yoki oliy ma’lumot ham yordam bermidi. Ko’chada qancha oliy ma’lumotli insonlar magazin yoki fast foodda ishlashadi. Qancha iste’dodli odamlar iste’dodini ocholmay qolishadi. Tinmasdan o’z ustida ishlamasa va tanlagan ishida ishlamasa, hammasi bekor!

  2. Fazo.tv

    Qadrli Amirxon. To’g’ri aytingiz. Hayotdagi barcha o’zgarishlar insonning o’zidan boshlanishi kerak. Biror narsaga erishish uchun, birinchi navbatda o’z-o’zingizni yetaklay olishingiz kerak ekan!

  3. Aloviddib Babantayev

    yuqorida bildirilgan gaplar juda to’g’ri. haqiqaatdan ham insonning orzulari undagi istedodga qarab belgilanadi. faqatgina inson iste’dodini uyg’otolsa bas!!!!!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social