Katta shahar paradoksi: nega odam gavjum bo‘lgan joyda ham o‘zimizni yolg‘iz his qilamiz?

Katta shahar paradoksi: nega odam gavjum bo‘lgan joyda ham o‘zimizni yolg‘iz his qilamiz?

Imkoniyatlarga to‘la, sershovqin katta shaharda yashab, atrofdagi odamlarni kuzatayotib ba’zan hech kim sizni sezmayotgandek tuyuladimi? Bu katta shahar paradoksi deyiladi. Atrofda odamlar qancha ko‘p bo‘lsa, siz o‘zingizni shuncha yolg‘iz his qilasiz. Quyida psixologlarning bir nechta tavsiyasi bilan o‘rtoqlashamiz.

Katta shaharda yolg‘izlik — muloqot yetishmasligini anglatadi

Megapolislarda millionlab odamlar boshdan kechiradigan yolg‘izlik odatda tanishlar yoki do‘stlar yetishmasligi bilan bog‘liq emas. Aksincha, bu muloqot yetishmasligi, atrofdagilar sizni eshitmaydi yoki ko‘rmaydi. Bu ko‘pincha hayot tezligidan kelib chiqadi.

Katta shaharlarning aksariyat aholisi tushunib bo‘lmas chalkashlikdan qiynaladi. Bunga sabablar sodda va tushunarli — haddan ortiq harakat tezligi va jonli muloqotning kamligi. Natijada ba’zilar shov-shuv, tezlik va odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat ichida deyarli sezilmay qoladi.

Eng paradoksal narsa shundaki, bunday his-tuyg‘ularni ko‘pincha sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan va tashqaridan baxtli ko‘rinadigan odamlar boshdan kechiradi. Biroq hatto yuqori ijtimoiy mavqe, moddiy farovonlik va do‘stlarning katta doirasi, har doim ham ichki uyg‘unlik va jamiyatga aloqadorlikni bildirmaydi.

Katta shaharda o‘zingizni qanday topish mumkin

Birinchi qadam– yolg‘izlikni tan olish. Ko‘pincha odamlar haqiqiy ehtiyojlarini aytishdan uyaladi, sizga kerak bo‘lgan narsani ichingizda yashirib emas, baland ovozda ayting. Atrofingizda sizni tushunadigan inson bo‘lsa, unga ko‘nglingizni oching.

Ikkinchidan, o‘zingizni topish uchun, yolg‘iz qolish uchun shahardan uzoqqa borishingiz va ijtimoiy tarmoqlardan butunlay voz kechishingiz shart emas. Atrofingizdagi odamlarga ko‘proq e’tibor berishni boshlang — hamkasblar, qo‘shnilariga qiziqish, parkdagi tasodifiy suhbat, iloji bo‘lsa kichik bo‘lsa ham yordam ko‘rsatish yoki shunchaki atrofdagilarga tabassum qilish. Ammo sizga har doim ham xushmuomalalik bilan javob bermasliklari mumkin. Biroq siz bilan suhbatlashishni va yolg‘izlik bilan kurashishni xohlaydiganlar albatta topiladi.

Uchinchidan, o‘zingizga to‘g‘ri savollar bering. Katta shaharda yolg‘izlik bu hukm emas agar siz ichingizdagi norozilik tuyg‘usini his qila boshlagan bo‘lsangiz, psixologik noqulayliklarga toqat qilmasangiz, balki ularni yechishga harakat qilsangiz, siz allaqachon to‘g‘ri yo‘lni tanlagansiz.

Hamfikr va ittifoqdoshlarni izlang. Imkoniyatlarga to‘la shahar fonida o‘zini yolg‘iz va bo‘sh his qilayotganini aytishdan qo‘rqmaydigan, sizga o‘xshagan odamlarni toping. Eng muhimi, hayotingizni o‘zgartirishdan cho‘chimang.

Kommentlar: 14 komment. 14 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Madinabegim

    Hammasi men togrimda

  2. Madinabegim

    Toshkentda yashayman, shahar katta, odam kop, lekin ozimni juda yolgiz his qilaman

  3. Madinabegim

    Ota onam bor, dostlarim bor, ular bilan kop gaplashaman

  4. Madinabegim

    Lekin yuragimda juda yolgizlikni his qilaman

  5. Madinabegim

    Nima qilishni bilmayman, kim bilan bu haqda gaplashishni ham bilmayman

  6. Madinabegim

    Hayotga nega kelganman, kimga kerakman, foydam ozi bormi bilmayman

  7. Madinabegim

    Balki umuman bekor hayot kechiryapman

  8. Madina nega unday deysiz? Nimaga unday xolatdasiz?

  9. Keling dost bolamiz? Yaqinroq suxbatlashamiz, balki foydam tegar

  10. Javobingizni kutaman

  11. Madinabegim, hammasi yaxshimi?

  12. Durdona

    Katta shaharda yashashdan qorqaman

  13. Men katta shaharda yashab, uning shovqinidan, keng ko‘chalari va yuzlab yuzlardagi odamlarning xayrixohligidan ilhom olaman. Shaharda har doim biror narsa bo‘ladi — yangi uchrashuvlar, imkoniyatlar, yangiliklar. Shunday bo‘lsa-da, maqolada aytilgandek, gavjum joyda ham o‘zini yolg‘iz his qilish — aslida ko‘plab odamlar uchun tanish holat.

    Menimcha, yolg‘izlik “inson yetishmasligi” emas, ko‘proq “asosiy, chin dildan aloqalar yetishmasligi” bilan bog‘liq. Do‘stlar ko‘p bo‘lishi mumkin, lekin har doim yurakdagi gapni tushunadigan birov topish qiyin bo‘lishi mumkin.

  14. Shahardamas gap, odamlarda hammasi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social