Misol orqali mazkur formulani tushuntirib o’tamiz: Bir kishi biznes boshlashni maqsad qildi va u shu biznes uchun ruxsatnoma olishi, shuningdek, shartnoma tuzishi kerak edi. Agarda u shartnoma tuza olsa, bu judayam yaxshi bo’ladi. Bu uning maksimal maqsadidir. Biroq, shartnoma tuzulmasachi? Hech bo’lmasa yangi insonlar bilan tanishadi va bu ham yomon emas ya’ni minimum maqsad.
Maqsad qo’yish usuli:
- Min – minimal maqsad
- 100% – yetishmoqchi bo’lgan maqsad
- Max – maksimal maqsad
Bundan qanday foydalanish kerak? Misol uchun, o’zingizni qisqa muddatli mashg’ulotlarga jalb qilish qiyin va siz kuniga bir soat mashq qilishni maqsad qildingiz. Uyga charchab kelasiz va sizda hech qanday energiya yo’q. Maqsad siz reja qilgandek bir soat mashq qilishingiz kerak. Bunda Min (minimal) maqsad qo’yganingiz yaxshiroq ya’ni kamroq vaqt shug’ullanish. Agar siz bir soatdan ortiq mashq qilsangiz, demak bu maksimal maqsad hisoblanadi.
Ushbu texnika sizga nima beradi? Agar yuqoridagi misolga to’xtalsak, masalan siz 3 daqiqa mashq qilish uchun minimal maqsad qo’ydingiz, 3 daqiqadan so’ng o’zingizni yaxshi his qilib, mashqni davom ettirishingiz mumkin. Siz shu tariqa vaqtni oshirib borib, 100% lik maqsadga yetishishingiz mumkin. Bu narsa deyarli barcha narsalarda ishlaydi.
Hayotda ko’pchilik insonlar o’zlariga maqsad qo’yishadi va butun e’tiborlarini shu maqsadga qaratishadi. Agarda shu maqsad amalga oshmay qolsa, bu keyin qattiq xafagarchilikka olib keladi. Shuning uchun, Min va Max maqsadlar qo’yish juda muhim.