Bir kuni bir qishloqga qari va dono inson yashash uchun ko’chib kelibdi. U bolalarni juda yaxshi ko’rar edi va ular bilan ko’p vaqt o’tqazar edi. Yana u bolalarga sovg’alar qilishni yaxshi ko’rardi, ammo faqat mo’rt sovg’alarni berar edi.
Bolalar ehtiyotkor bo’lishga harakat qilganiga qaramasdan, ularning yangi o’yinchoqlari tez-tez buzilar edi. Bolalar esa bundan xafa bo’lib, ba’zida yig’lashar edi. Vaqt o’tib, dono qariya ularga yana o’yinchoqlarni sovg’a qilishda davom etdi, ammo ular yanada mo’rtroq edi.
Bir kuni ota-onalar qariyani oldiga borib, so’rashdi:
– Siz donosiz va bizning bolalarimizga faqat yaxshilikni tilaysiz. Biroq nima uchun ularga shunday sovg’alarni beryapsiz? Ular ehtiyotkor bo’lishga harakat qilishyapti, ammo o’yinchoqlar baribir buziladi. O’yinchoqlaringiz esa shunchalik chiroylik-ki, ular bilan o’ynamaslikning iloji yo’q!
– Shunda qariya: Vaqt o’tib, kimdir ularga o’z yuragini sovg’a qiladi. Balki bu narsa ularni bebaho sovg’ani avaylab asrashni o’rgatadi!
Bor kuching bilan qalbingni asra, chunki u hayot bulog‘idir!
Ajoyib, odamlar bir-birini sevib avaylashasa, bu dunyo ancha o’zgararmidi…
Yaxshi hikoya. Manga yoqdi.