Nima uchun kitoblarni tinglashdan ko’ra o’qish yaxshiroq?

Nima uchun kitoblarni tinglashdan ko’ra o’qish yaxshiroq?

Audiokitoblar qulay va hammabop hisoblanadi, ammo o’qigan narsalaringizni eslab qolishni istasangiz, kitobni o’zini o’qing.

Nega biz kitoblarni tinglashni yoqtiramiz?

Fonografda kitoblarni tinglashni taklif qilgan Tomas Edison, u yaratgan o’quv formati qanchalik keng tarqalib ketish mumkinligini tasavvur qila olmasdi. Audio kitoblarning mashhurligi har yili oshib bormoqda.

Bunday formatga bo’lgan talab aniq. Siz audiokitoblarni tirbandlikda, navbatda turganingizda yoki uy ishlarini qilayotganingizda tinglashingiz mumkin. Ular arzonroq, javon va sumkada joy egallamaydi. Bundan tashqari, ko’zi ojiz insonlar uchun audiokitoblar dunyo bilan tanishish uchun qulay usuldir.

Nima uchun nashr qilingan kitob g’olib chiqishi mumkin emas?

Biroq, audiokitoblar bosma nashrdan chiqqan kitoblarni to’liq o’rnini bosa olmaydi. Ularda tasvir va jadvallarni taqdim etish mumkin emas. Ba’zan kitobni yoqimsiz ovoz tufayli tushunish qiyin bo’lishi mumkin. Audio kitobni o’rganish odatdagi o’qishdan ko’ra ko’proq vaqt talab etadi.

Lekin eng asosiysi: biz kitobni tinglaganimizda, biz ko’proq chalg’iymiz va ma’lumotlarni uncha eslab qolavermaymiz.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, biz kitobni tinglaganimizda miyamiz tez chalg’iydi. Matnni ko’rmasdan, biz kamroq eslab qolamiz va hikoyaga kirish qiyin bo’ladi. Eslatma: tadqiqot ishtirokchilari boshqa narsalarga parallel ravishda jalb qilinmagan. Ular faqatgina kitobni tinglashgan va shunda ham chalg’ib ketishgan. Kitobni tinglash va yugirishni birlashtirmoqchi bo’lganlar haqida nima deyish mumkin?

Audiokitoblar albatta g’alaba qozonadigan yagona formati –  bu video hisoblanadi. London Universitet kolleji va Audible ning birgalikdagi tadqiqotlari shuni ko’rsatdiki, tinglovchilarni ekranda tomosha qilmasdan, balki hikoyani tinglashda ko’proq hissiyot bilan bog’liqligini ko’rsatdi. Bu pulsning kuchayishi, tana harorati va terining elektr faolligi bilan ko’rsatiladi.

Qanday qilib kitobni yanada yaxshiroq eslab qolish mumkin?

Agar kitobni boshqa narsalar bilan birlashtirib, yaxshi vaqt o’tkazish yoki uni saqlashni istasangiz, audiokitoblarni tinglang. Ammo matnni eslab qolishingiz kerak bo’lsa, uni o’zingiz ovoz chiqarib o’qing.

Samarali eslab qolish uchun mashxur usullardan foydalaning: muhim joylarni belgilab qo’ying, do’stlaringiz bilan kitoblarni muhokama qiling, asosiy fikrlarni yozing va hayotingizda o’qigan narsalardan foydalaning. Shunda o’qish vaqtini ikki baravar oshiradi.

Siz audiokitoblar tinglaysizmi? Yoki oddiy kitoblarni afzal ko’rasizmi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social