Bir kichkina qushcha har kuni sahro o’rtasida turgan quruq daraxtning shoxlarida o’ziga boshpana topar edi. Bir kuni dovul keldi va shu daraxtni ildizlari bilan sug’irib tashladi.
Yangi boshpana ilinjida kichkina qushcha bir necha yuz kilometr uchishga majbur bo’ldi. Natijada u bir bog’gacha uchib bordi. U yerda suv, chiroyli gullar bor edi va daraxtlar mevalar bilan bezatilgan edi.
Agarda quruq daraxt joyida qolganida edi, hech qanday kuch shu qushchani o’zi o’rgangan boshpanani qoldirishga majbur qilmas edi.
Taqdirni hech kim bilmaydi. Tinchlikda yasha va o’zgarishlardan qo’rqma. Xudo biror narsani olib qo’ysa, uning evaziga beradiganini boy berma.
Omar Xayyam
Qiziq ma’lumotlar