Universitetda. Professor leksiya boshlanishidan oldin qo’liga bir stakan suv oldi. U ushbu stakanni talabalar diqqatini o’ziga jalb etish uchun ushlab turdi va keyin so’radi: “Sizlarningcha bu stakanning vazni qanday?”
“50 gramm!”… “100 gramm!”… “125 gramm!”… – deb aytishni boshlashdi.
– Men o’zim ham bilmayman – dedi professor. Buni bilish uchun uni tarozga qo’yish kerak. Ammo savolim shundan iborat:
Agarda men ushbu stakanni shunday holatda bir necha soniya ushlab tursam nima bo’ladi?
– Hech nima – deb javob berishdi.
– Yaxshi. Agarda men shu stakanni bir soat ushlab tursam nima bo’ladi?
– Qo’lingiz og’rib ketadi – deb talabalardan biri javob berdi.
– Yaxshi. Agarda men ushbu stakanni bir kun ushlab tursam nima sodir bo’ladi?
– Qo’lingiz toshdek bo’lishni boshlaydi, muskullaringizda katta bosimni sezishni boshlaysiz va hattoki qo’lingiz vaqtincha ishlamay qolishi mumkin. – deb bir talaba javob berdi.
– Juda yaxshi, – deb davom etdi professor. Ammo stakanning vazni bu vaqt davomida o’zgaradimi?
– Yo’q – deb javob berishdi.
– Demak qo’ldagi og’riq va bosim qayerdan paydo bo’ladi?
Talabalar o’ylanib qolishdi.
– Men og’riqdan ozod bo’lishim uchun nima qilishim kerak? – deb so’radi professor.
– Stakanni joyiga qo’yish kerak – deb auditoriyadan javob keldi.
– Xa – deb qichqirib dedi professor. Huddi shunga o’xshab hayotda qiyinchiliklar va tashvishlar sodir bo’ladi.
Ularni miyangizda bir necha daqiqa ushlab turish, bu oddiy holatdir.
Ular haqida ko’p o’ylashni boshlasangiz, og’riq kelishni boshlaydi.
Agarda ular haqida uzoq vaqt mobaynida o’ylasangiz, bu narsa sizni falajlantiradi, ya’ni siz muammolaringizdan tashqari boshqa narsa haqida o’ylay olmaysiz!
Tashvishlardan agar qutilolmasak nima qilishimiz kerak? Agar ularni esdan chiqarish qiyin bo’lsa nima qilaylik? Kimda qanday fikr? Yaxshi hikoya. Rahmat.
Qiziq hikoya, chindan ham odamlar kichkina bo’lgan muammoni ham, juda katta muammoga aylantirishlari mumkin va o’z hayotlarini qiyin axvolga olib kelishadi.
Qadrli Nabi, juda o’rinli savollar! Tashvishlarni shunchaki unutib bo’lmaydi, lekin shu vaqtda asosiy vaqtimizni shu tashvishlarni o’ylash o’rniga, keyingi qadamni qo’yish lozim deb o’ylayman.
Ajoyib