Barchamiz har kuni quvonch bilan to’lib-toshishni ta’minlashga intilamiz. Yaxshiyamki, olimlar bunga qanday erishish mumkinligini bilishdi.
2016-yilda o’tkazilgan tadqiqot natijalari ushbu savolga javob berishga yordam berdi. Ma’lum bo’lishicha, insonni ijodiy ish baxtiyor qilar ekan.
Agarda o’zingiz yaxshi his qilishni, hayot energiyasini, hursandchilik va hayot lazzatini oshirishni istasangiz, har kuni qandaydir ijodiy vazifa bajaring.
Olimlar 658 talabani yig’ib 13 kun davomida ular bilan bog’liq hodisalarni yozib va ularning hissiy holatini tasvirlab berishlari so’raldi. Tahlildan keyin, talabalar ijodiy narsa qilganda, ular o’sha kunlarda o’zlarini eng baxtli his qilishgan.
Talabalar o’rtasida eng keng tarqalgan ijod turlari: grafik dizayn, raqamli proyektlash, musiqa yozish, yangi taomlar pishirish, qo’shiq, ijodiy insho (she’riyat, qisqa hikoyalar), to’qimachilik va to’quv ishlari kabilar ekan.
Ushbu tadqiqot alohida e’tiborga sazovor bo’lgan yana bir qiziqarli natija ko’rsatdi.
“Talabalar nafaqat ijodiy vazifani bajargan vaqtda, balki keyingi kundan keyin ham baxtiyor edilar.”
Demak, ijodkorlik inson farovonligi va salomatligiga uzoq muddatli ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
O’zingizni ijodiy deb hisoblamasangiz, nima qilish kerak?
O’zingizni ijodiy odam deb hisoblamasangiz, o’zingizni baxtsiz hayotga hukm qilmang. Ko’plab oddiy, lekin juda samarali yo’llar bor.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, qo’shiq, she’r yozish, chizish, ovqat tayyorlash va hokazo.
O’zingiz istagan narsani toping va yaratishni boshlang.