Hech qachon qaramaydigan rasmlarni sotib olamiz va fotosuratlarga tushamiz, sevgan insonlarimizni va do’stlarimizni rashq qilamiz, chunki ular bizniki. Hatto kitobni o’qib, biz o’zimizga yoqqan iboralarni ko’chiramiz, ammo keyin ularga qaytmaymiz.
Biz doimo biror narsani yo’qotishdan qo’rqamiz: mol-mulk, do’stlar, xotiralar. Biron bir narsani ega bo’lishga yoki eslab qqolishga harakat qilib, uni butunlay his qila olmaymiz va qadriga ham yetmazmiz. Aksincha bo’lishi mumkinmi? Ha, lekin butun dunyoqarashingizni o’zgartirishingiz lozim.
Zamonaviy jamiyat iloji boricha ko’proq iste’mol qilishni o’rgatadi. Bunday munosabat nafaqat biz kerak bo’lgan narsalarga, balki nomoddiy sohalarga ham qaratilgan. Odat bu odat. Agar siz hamma narsani o’zingiz uchun olishga o’rgangan bo’lsangiz, unda hissiyotlar, xotiralar, fikrlar va munosabatlar ko’kragingizda chang to’plab qolishadi.
20-asrning nemis faylasufi va sotsiologi Erich Fromm, zamonaviy jamiyatning egalik yo’lida yashashni unutib qo’yganligi muammosi haqida, “ega bo’lish yoki bo’lish” kitobini yozib, bu muammoni batafsil muhokama qilgan.
Odat bo’lib, egalik qilish chanqog’i hayotning barcha sohalariga kirib boradi va yo’qotish qo’rquvi bilan ularni zaharlaydi. Ammo yana boshqa tomoni bor: odam hech bir narsani o’zlashtirishga intilmaydi. Ularning orasidagi farq juda katta.
O’qish
O’zingiz uchun hamma narsani tortib olish va unga mos keladigan hayotiy pozitsiya, mashg’ulotlarda ham namoyon bo’ladi. O’zlashtirishga yo’naltirilgan talaba, o’qituvchining aytganlarini diqqat bilan konspekt qiladi, lekin ularni tushunmaydi va ularga qiziqmaydi. Keyin u imtihonni topshirish uchun yozuvlarini siqib chiqaradi va u nima uchun bu kerakligini hatto xayoliga ham keltirmaydi.
Hozirgi sharoitda yashashga odatlangan talaba esa, o’ziga kerak bo’lmagan narsalarni yozmaydi, lekin muzokalarda faol ishtirok etadi va uni qiziqtiradigan materialni tushunishga harakat qiladi.
Ish
O’yin-kulgi
Ta’tilga chiqib, hamma kamera yoki telefon oladi. Safar qayerda bo’lishini, yaqin atrofdagi o’rmon, mashhur kurort yoki Mesoamerika saroylariga borish muhim emas. Konsertlarda olomon sahnada nimalar bo’layotganini suratga olish uchun smartfonlarni boshlari uzra ko’taradilar.
Muloqot va munosabatlar
Rashq nima? Bu odamni yo’qotishdan qo’rqishdir, bu faqat u sizga tegishli bo’lsagina bo’lishi mumkin. Qanchadan qancha dramalar, odamlar bir-biriga narsalar kabi tegishli bo’lishi mumkinligi sababi bilan sodir bo’ladi. Hozirgi vaqtda yashaydigan inson boshqa insonni hurmat qiladi, undan zavqlanadi va hech narsa talab qilmaydi.
Biror kishini o’zlashtirganingizdan so’ng, siz uni o’zgartirishni boshlaysiz, uni o’zingiz uchun qulay qilishga harakat qilasiz.
Odamlar sevish uchun yaratilgan. Narsalar foydalanish uchun yaratilgan. Ammo bizning dunyomiz betartiblik bilan qoplangan … Chunki narsalar yaxshi ko’ramiz, odamlardan esa foydalanamiz.
Dalay Lama.
Muloqot susaygan odamlar bilan tez-tez uchrashib turasizmi? Ko’pchilik azob-uqubat va og’riq bilan birga yashaydilar, lekin ayni paytda ular bir-birlariga tegishli bo’lganligi sababli, ajrala olmaydilar.
Demak, sevgi haqida nima deyishingizdan qat’iy nazar, siz shunchaki odamdan foydalanasiz. Ammo narsalar jongga tegadi va sizning oldingizda bunday munosabat bilan hali ko’p dramalar kutadi.
“Bo’lish” uchun nima qilish kerak?
Bir kun ichida dunyoqarash o’zgarmaydi, lekin yordam beradigan bitta fikr mavjud: hamma insonlar o’ladi, va Bulgakov yozganidek, ular to’satdan o’lishi mumkin.
Agar hayotingiz ikki hafta yoki bir oy bilan cheklangan deb tasavvur qilsangiz, nima qilardingiz? Ishingizga borarmidingiz? hozir aloqada bo’lgan odamlar bilan aloqada qolarmidingiz? bugun orzu qilgan narsalarni sotib olarmidingiz?
Axir, biron-bir sohada mulkka intilmasdan yashash, har lahzaga chuqur kirib borish, hozirgi paytda mavjud bo’lish, kelajakda emas, chunki kelajakning o’zi bo’lmasligi ham mumkin.