Biz har kuni qarorlar va tanlovlar qabul qilamiz. Biroq kamdan-kam insonlar qarorlarning qanday qilib kelajakga ta`sir ko`rsatishini bilishi mumkin. Biz nimadan afsus qilishimiz mumkin?
– Siz ko`p vaqtni televizorning yonida o`tkazganingiz uchun afsus qilishingiz mumkin ya`ni ko`pgina seriallar, tomoshalar va filmlarni tomosha qilib o`tkazganingiz uchun afsus qilasiz.
– Siz ijtimoiy tarmoqlarni hayotnigizni birinchi o`rniga qo`yganingiz uchun afsuslanishingiz mumkin.
– Siz sog`lom turmush tarzini tutmaganingiz va odat bo`lib qolgan narsalarni o`z ustingizdan boshqarishiga yo`l qo`yganingiz uchun afsus qilishingiz mumkin.
– Dunyoning haqiqiy chiroyini ko`rmaganingiz va hayotingizni shoshilinch va hovliqish bilan o`tkazganingiz uchun afsus qilishingiz mumkin.
– Ishonchsizlik va yangi narsalarni o`rganishga intilmaganingiz uchun afsuslanishingiz mumkin.
– Quyosh chiqishi va botishini kuzatish o`rniga, har xil tashvishlar bilan band bo`lganingiz uchun afsus qilishingiz mumkin.
– Siz juda jiddiy, yopiq va qo`rquvga ega bo`lganingiz uchun afsus qilishingiz mumkin.
– Tez katta bo`lganingiz va o`zizga 40 yoshda ham bola kabi bo`lishni ma`n etganingiz uchun afsus qilishingiz mumkin.
– Do`st orttirmaganingiz, o`z do`stlaringizni qadrlamaganingiz va ular bilan kam vaqt o`tkazganingiz uchun afsuslanishingiz mumkin.
– Ko`p xafa, jahldor, ginasi qattiq bo`lganingiz uchun afsuslanishingiz mumkin.
– O`z oilangiz, bolalaringiz, qarindoshlaringiz bilan kam munosabat qilganingiz uchun, ko`p urishib jahl qilganingiz va kam sevgi bera olganingiz uchun afsus qilasiz.
– Kamroq kulganingiz, hursand va bahtli bo`lmaganingiz uchun afsus qilishingiz mumkin.
– Boshqa insonlarning so`zlarini va harakatlarini qattiq qabul qilganingiz uchun afsus qilishingiz mumkin.
– O`z qobiliyatingizni rivojlantirmaganingiz va bolalik orzularini va qiziqishlarini unutganingiz uchun afsus qilishingiz mumkin.
– Kam sayohat qilganingiz uchun afsus qilishingiz mumkin.
– Ko`p qo`rqib yashaganiz uchun afsus qilishingiz mumkin.
– O`zingizga ishonmaganiz va to`g`ri baho bermaganingiz uchun afsus qilasiz.
– Kurashmaganingiz va engilganingiz uchun afsus qilishingiz mumkin.
– Muhim bo`lmagan narsalarga tobe bo`lganingiz uchun, ko`p kuch, sog`liq va hayot mazmunini modali gadjetlarni va brendlarni harid qilish uchun sarflaganingiz uchun afsus qilishingiz mumkin.
– Asosiy gaplarni aytolmaganingiz uchun afsus qilasiz.
– Insonlarga kechirim bermaganingiz uchun afsus qilishingiz mumkin.
Biz insonlar dunyo tashvishlari bilan band bo`lib nima uchun harakat qilayotganimizni esdan chiqarib qo`yamiz. Vaqt hech qachon etmagan va etmaydi ham. Bir kitobdan yozilganidek, vaqt sizni emas, siz vaqtni boshqarishingiz kerak va hamda dunyo tashvishlari sizni boshqarishiga aslo yo`l qo`ymang!!!
naqadar chiroyli suzlar afsus bulani kupchiligimiz bilamiz va allaqachon anglab etganmiz siz birinchi emas va oxirgisiyam emas bu suzlani kup uqiganmiz
Xa to’g’ri narsalar, shuning uchun aziz hurmatli yoshlarimiz, shuladan hulasa chiqaraylik!!!!
xatolarni to’g’irlash xech qachon kech emas. lekin kech bol’ganda albatta afsuslanamiz.