Qariyalardan nimani o’rganishimiz mumkin?

Qariyalardan nimani o’rganishimiz mumkin?

Qariyalar bilan birga bo’lish oson ish emas. Ayniqsa yoshlarga juda qiyin chunki qariyalar oldingi zamon bilan yashaydilar va hozirgi zamon o’zgarishlariga ulgurmaydilar. Shuning uchun yoshlarga qariyalar bilan gaplashish juda zerikarli ko’rinadi.

Insonlar qarichilikga yaqinlashadilar. Qariyalar ko’proq bilishadi va tajribasi juda katta bo’ladi. Ulardan o’rganadigan ancha-muncha narsalar bor.

Ular oddiy narsalardan mamnun bo’lishadi. Qariyalar oddiy narsalardan hursand bo’lishadi. “Shirin murabbo qildim” – deb boladek hursand bo’ladi, senga qanday qilib tayyorlaganini aytib beradi, senga choy damlab beradi va o’zi hursandchilik bilan sen bilan birga choy ichadi.

Biz yoshlarning telefonimiz yonmay qolsa, rosa jaxlimiz chiqadi. Biz kichkina narsalarga jaxl qilamiz, qariyalarga esa hursand bo’lish uchun kichkina narsa kerak.

Qariyalar haqiqiy do’stlarni qadrlashadi. Qariyalarning yoshlari katta, shuning uchun ularning ba’zi do’stlari dunyodan ko’z yumganlar yoki o’limga tayyor turishadi. Hatto, ularning qari qo’shnisi nevarasini aylantirishga chiqqani ularni hursand qiladi.

E’tibor bersangiz yoshlar uchrashganda, ularning orasida albatta bitta yopiq inson bo’ladi.  U inson jamiyatda odamlardan bekinishni istaydi, ular telefonda internetda o’tirishni maqul ko’rishadi toki ularga hech kim tegmasin. Qariyalarga qarsang sen internet doim bo’lishini, do’stlar esa har doim ham bo’lavermasligini tushunasan.

Hammasi tez o’tib ketishini bilishadi. Hayot juda qisqa. Sen tez-tez qariyalar bilan gaplashasanmi? Ular o’tmishini, bolalik, o’smirlik, yoshlik davrlari va dunyo bir zumda o’zgarib ketganligi haqida gapirishni juda yaxshi ko’rishadi.

Ular yoshlikda nima qilishgani haqida aytib charchashmaydi. Hayotdan qanday o’tganlarini, ortiqcha tashvishlardan qanday qutulganliklarini va qanday qilib hayotdan zavq olganlari haqida ko’p gapirishadi. Shu bilan yoshlarga ko’pgina maslahatlar beradilar.

Ular befarq emas. Agarda ko’chada kattaroq bola kichkinasini xafa qilsa kim uning yonini oladi? Qariyalar. Qariyalar ko’chada sigaret chekib o’tirgan bolaga nasihat qilishadi.

Qariyalar avtobusda xalqni o’ylaydi, agarda homilador ayolni ko’rsalar, joy ber deb aytadilar. Qariyalar jamiyat foydasini o’ylashadi va javobgarlikni olishadi. Qariyalar befarq emas. Yoshlar ko’pincha o’tib o’zlarini ko’rmaslikga oladilar. Bizni shunaqa bo’lishga kim o’rgatgan? Aniq qariyalar emas!

O’ziga sabrli. Ko’plab qariyalar kompyuter bilan foydalanishni bilishmaydi. Hatto, mobil telefonlar bilan foydalanish qiyin bo’lishi mumkin va ular bundan xafa bo’lishmaydi. Agarda yoshlar bu narsalarni mehr bilan tushuntirsa, ularning yuzidan tengi yo’q tabassum paydo bo’ladi.

Hurmatli yoshlar, qariyalar bilan gaplashganda bularning hammasini unutmang. Chunki hayot qisqa, vaqt o’tib siz ham qariyalar safiga kirasiz. Shuning uchun: “Ota va onang, qariyalar nasihatlariga quloq sol, ularning o‘gitlarini rad etma. Ana shunda yer yuzida umringiz uzoq bo‘lib, baxtiyor va tinch yashaysiz.”

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social