Qo’rqma va yig’lama! Men – Umidman

Qo’rqma va yig’lama! Men – Umidman

To’rtta sham yondi va asta-sekin eriydi … Juda sokin edi, ular suhbatlashayotgani eshitilar edi.

Birinchisi aytdi: “Men – Xotirjamlikman. Afsuski, odamlar meni qanday saqlashni bilishmaydi. O’ylaymanki, o’chib qolishdan boshqa hech narsa qolmadi!” Shamning olovi o’chib qoldi.

Ikkinchisi aytdi: “Men – Ishonchman. Afsuski, men hech kimga kerak emasman. Odamlar men haqimda hech narsa eshitishni xohlamaydilar, shuning uchun ham yonishdan maqsad yo’q. ” Bu so’zlarni aytib bo’lgach, u o’chib qoldi.

Afsuslanib, uchinchisi dedi: “Men – Sevgiman. Bundan keyin yonib turishga kuchim yo’q. Odamlar meni qadrlamaydilar. Ular sevgini qanday berishni va qanday qabul qilishni bilishmaydi. ” Bu sham ham o’chdi.

To’satdan… Bola xonaga kirdi. Uchta o’chib bo’lgan shamni ko’rgach, u qo’rqib ketdi: “Nima qilyapsizlar? Sizlar yonishingiz kerak! Men qorong’ulikdan qo’rqaman!” – deb baqirdi.

Hayajonlanib to’rtinchi ham shunday dedi: “Qo’rqma va yig’lama! Men yonyapman va boshqa uchta shamni yoqish mumkin. Men – Umidman.”

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social