Hozirda internetda bir hikoya juda mashhur. Unda quyidagi vaziyat hikoya qilinadi: farzandi uyiga ishdan kech kirib kelgan otasidan U qancha oylik olishi haqida so`raydi. Otasining soatiga 500$ oylik olishini bilib, bola undan 300$ qarz so`raydi. Ota kichkina tovlamachiga jahl qilib, uni uxlashga jo`natdi. Biroz vaqt o`tib, o`g`liga jahl qilgani uchun undan kechirim so`ragani uning xonasiga bordi va o`zi bilan farzandi so`ragan pulini ham oladi. Otasi o`g`lidan kechirim so`raydi va boyagi so`ragan pulini unga uzatadi, shunda o`g`li unga o`zining 200$ pulini uzatib deydi:
– Mana endi etadi! Ota bu erda 500$. Men sizning 1 soat vaqtingizni sotib olsam bo`ladimi? Iltimos, ertaga ishdan bir soat vaqtliroq qayting va biz bilan birga ovqatlaning.
Moddiy narsalar payida bo`lib biz abadiy va ma`naviy qadriyatlarni unutamiz: ishlash uchun – o`qiymiz; ovqat, kiyim, ayfon, mashina, kvartira, uy va boshqa narsaga ega bo`lish uchun esa ishlaymiz. Shu tariqa hayotimiz ham o`tib ketadi!
Hayot oxiriga kelib sen nimani sanashni istaysan: senda qancha telefon, kvartira, planshet va mashinalar bo`lganini – mi? Yoki Sen qancha insonlarga yordam berganing, o`zingdan keyin nima foydali narsa qoldirganing va qancha maqsadlarga erishganingni – mi?
Albatta, moddiy narsalarga ega bo`lish – bu yomon emas! Yomoni shundaki, ularning senga ega bo`lib olishidadir! Aslida: maqsad, orzu va hayot mazmuni biz o`ylagandan ham ancha kattaroq narsalardadir!
Салом езган хикояни эгаси ва уни отасига рахмат….
Салом езган хикояни эгаси ва уни отасига рахмат….