Siz aytganlarning hammasi, o’zingiz haqingizda so’ylaydi

Siz aytganlarning hammasi, o’zingiz haqingizda so’ylaydi

Bir kun kechasi, bir dehqon o’z uyining ostonasida shabada bilan zavqlanib o’tirardi. Yonida qishloqqa olib boradigan yo’l bor edi. Bir odam ketayotganda, uni ko’rib: «Bu odam dangasa, u ishlamaydi va kun bo’yi uyining ostonasida o’tiradi», – deb o’yladi.

Bir ozdan so’ng, yana bir inson paydo bo’ldi. U shunday deb o’yladi: “Bu odam – xotinbos. U bu yerda o’tadigan qizlarga qarash uchun o’tiradi va ehtimol ularga gap ham otib turadi”.

Nihoyat, qishloqqa ketayotgan bir o’rmonchi shunday fikr bildirdi: “Bu odam – ajoyib ishchi. U kun bo’yi qattiq ishlagan, endi esa dam olishdan zavqlanib o’tiribdi”.

…Aslida, biz uyning ostonasida o’tirgan dehqon haqida ko’p narsa bilmaymiz. Aksincha, biz uchta insonlar haqida ko’p narsa aytishimiz mumkin: birinchisi – dangasa edi, ikkinchisi – o’zi xotinbos, uchinchisi esa – katta ishchi.

Siz aytgan har bir narsa – o’zingiz haqingizda aytib beradi. Ayniqsa, siz boshqalar haqida gapirganingizda.

Proyeksiya – o’z o’zini himoya qilish mexanizmi bo’lib, unda inson o’z ichki dunyosidan kelib chiqib, tashqi narsalarga baho beradi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Ajoyib yozilgan ekan

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social