Sizda FOMO sindromi bormi?

Sizda FOMO sindromi bormi?

Umuman, “FOMO” ning boshlang’ich qisqartmasi internet foydalanuvchilari bilan taqqoslaganda savdogarlarga ko’proq bog’liq bo’lgan.

Masalan, “foyda/imkoniyatni yo’qotishdan qo’rqish” (FOMO qisqartmasining manosi), masalan, daromadni yo’qotishdan qo’rqib, aktivni sotish kabi holatlarda o’zini namoyon qiladi.

Internetda ham, asosan, huddi shunday narsa yuz beradi.

Har doim sahifani yangilash, muhim narsalarni o’tkazib yuborishgan qo’rqish, hammaga yoqish istagi va boshqa ko’plab istaklar.

1. Barchamiz qalbimizda ijtimoiy tarmoqlarga bog’liq bo’lib qolganimizni his qilamiz.

2. Axir, bizning deyarli har kunimiz (balki yarm kunimiz) qo’limizdagi telefon bilan o’tadi.

3. Kimdir ish haqida savollar bergan bo’lsa, ba’zilari uyda biror narsa yozgan yoki oddiygina qiziqish bilan Instagramdagi do’stingizni fotosuratlarini tomosha qilgandirsiz.

4. Bu qanchalik ajablanarli bo’lmasin, so’nggi yillarda yomon kayfiyatning sababi va insonning ruhiy tushkunligi uning qilgan nashri (posti) foydalanuvchilarga yoqmasligi ekan.

5. Bundan tashqari, asosiy voqealar haqidagi so’nggi yangiliklar va ma’lumotlarni ham biz Internet orqali bilib olamiz.

6. Biz jurnallar, gazetalar, kitoblarni (hatto televizor tomosha qilish) ham o’qish kerakligini kamroq his qilamiz!

7. Chunki bizning qo’limizda dunyoning turli burchaklarida sodir bo’layotgan voqealar haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi moslama mavjuddir.

8. Xa bu hazil emas. Bir kichik telefonda deyarli butun Koinot mavjud!

9. Agar erta tongda uyg’onib, Vk, Twitter, Instagram va Facebookni tomosha qilmasdan yangi kunni boshlay olmasangiz …

10. Agar ish jarayonida siz doimiy ravishda dam olish va Internet tarmog’ida bir muddat o’tirish istagini his qilsangiz …

11. Agar muammolar va tushunmovchilik tufayli siz gadjetlar va virtual dunyoda najot topsangiz …

12. Agar har bir soniyada siz yangi narsa borligini tekshirsangiz …

Qo’lga tushdingiz!

Faqat siz emas.

Millionlab boshqa odamlar.

13. Ular barchasi FOMO sindromidan aziyat chekishadi.

Ushbu inglizcha qisqartirish qiziqarli narsalarni yo’qotish qo’rquvini (masalan, voqea, muhim ma’lumotlar) anglatadi.

14. Bundan tashqari, odamlarning barchasida bunday boy hayotga ega ekanligingiz ko’rinadi – ular dunyodagi barcha narsalarga ulgurishadi.

Va siz esa kun bo’yi divanda yotgan bekorchisiz.

15. Nima? Bu sizga tanishmi?

Tabriklaymiz, FOMO sindromi to’liq siz bilan! Va, ehtimol, uzoq vaqt davomida siz bilan bo’lishi mumkin.

16. “Buning nimasi yomon?” – deyishingiz mumkin.


Muammo shundaki, sindrom kelajakda tashvish yoki depressiya buzilishiga olib kelishi mumkin. Va bu jiddiy narsalar.

Shunday qilib, kun bo’yi buni yodda tuting va bu muammoni hal qilishga harakat qiling.

Sizni bezovta qiladigan narsalarni olib tashlang.

O’z ichki holatingiz haqida mulohaza qiling va o’ylang (tashqi haqida emas).

Mashq qilish va ochiq havoda ko’proq vaqt sarflash kerak.

Ha, albatta, sizni doimo chalg’itadigan barcha ogohlantirishlarni o’chirib qo’yish ancha yaxshidir.

Sizga omad tilaymiz!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social