Yer yuzida tinchlikning yagona kaliti barcha xalqlar do‘stligidir

Yer yuzida tinchlikning yagona kaliti barcha xalqlar do‘stligidir

Tinchlik va do‘stlikni qaror toptirish, avvalo shaxsning o‘zi va oilasidan boshlanadi. So‘ngra bu tushuncha jamiyat va xalqaro miqyosga ko‘tariladi.
Tinchlik, do‘stlik va yarashuv kabi jumlalar insoniyat tarixining boshidan beri eng ko‘p qo‘llaniladigan so‘zlar qatoriga kiradi.

Shuningdek, bu tushunchalar Qur’oni Karim, Injil, Tavrot kabi samoviy kitoblar hamda tasavvufiy, falsafiy, diniy va adabiy asarlarda ta’kidlanganidek, turli tasavvuf, adib, donishmand, shoir va allomalar tafakkuridan o‘rin olgan.
Xossatan, ma’rifat ahli tasavvuf adabiyotida tinchlik, murosa va do‘stlik tushunchalarini tasvirlashga katta ahamiyat berib, o‘z asarlarida odamlarni bot-bot tinchlik va do‘stlikka chorlaganlar.
«Guliston» Sa’diy Sheroziyning mashhur she’riy asari bo‘lib, odamlar orasida tinchlik va do‘stlik munosabatlarini o‘rnatishga oid o‘g‘itlar uning asari II bobi, «Shohlar tarjimai holi»da uchraydi. Sa’diy, jumladan, quyidagi to‘rtligida barchani do‘stlikka chorlaydi va u yer yuzidagi barcha insonlar o‘rtasidagi insonparvarlikning umumiy tushunchasini taqdim etadi.

Bani odam a’zoyi yakdigarand, ki dar ofarinish zi yak gavharand
Chu ʼuzvi badard ovarad ruzgar, degar ʼuzvihoro namonad qaror
Tu kaz menhnat degaron beg‘amiy, nashoyad ki nomad nehand odamiy

Tarjimasi:
«Odam farzandlari ibtidoda bir gavhardan bino bo‘lganlari tufayli yaxlit bir vujud kabidirlar. Binobarin, qachonki uning bir a’zosiga jarohat yetkazsa, boshqa a’zolari ham o‘z tinchini yo‘qotadi. Inson dardiga hamdardligingiz bo‘lmasa, inson ismini siz saqlay olmaysiz…»
Har bir millatning o‘z madaniy va ma’rifiy elchisi bo‘lganidek, Alisher Navoiy ham turkiy millatlar o‘rtasida, shu jumladan biz – afg‘onlar mintaqasidagi do‘stlik va madaniyatning buyuk elchisi bo‘lgan. Bugungi kunlarda O‘zbekiston mintaqa davlatlari orasida tinchlikni saqlash va do‘stona aloqalarni rivojlantirishda sezilarli yutuqlarga erishgan. Chunki O‘zbekiston Respublikasi 130 dan ortiq turli millatlarni yagona bayroq va gerb ostida birlashtirgan davlatlardan biridir.
Do‘stlik va do‘st tutinish insonni yolg‘izlikdan chiqarib, hayotini shod va quvnoq qiladi. Shu bois ham aksariyat kishilarning norozi kayfiyati sababi yolg‘izlik bo‘ladi.
O‘tmishda insoniyat jamoalari milliy tendensiyalar, irqiy kelib chiqish va diniy e’tiqodlar ta’sirida bir-biridan alohida yashagan. Turli hollarda iqtisodiy manfaatlar bilan bir qatorda boshqa turli xil omillar xalq va millatlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yib, ular o‘rtasida urush va nizolarni keltirib chiqardi.

Uzoq vaqt davomida turli mamlakatlarning rahbarlari tinch-totuv yashash va o‘zaro tinchlik o‘rnatish haqida gapirib kelmoqdalar. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi ham ushbu tamoyilni qo‘llab-quvvatlaydi.

Agar xalqlar bir-biri bilan samimiy salomlashsa, bir-birini ochiq yuz bilan qabul qilsa va o‘zaro munosabatlarida biror muammo tug‘ilishiga yo‘l qo‘ymasa, o‘sha kuni biz hech qanday tashvishsiz, yomonliklarsiz, yovuzliklarsiz hayotni boshlaymiz. Zero, yer yuzida tinchlikning yagona kaliti barcha xalqlar do‘stligidir.

Kommentlar: 17 komment. 17 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Жуда яхши ёзилган. Дунёда тинчлик бусин

  2. Ibrohim

    Afsus bunaqasi bumidi

  3. Salom alaykum Ibrohim, nimaga bumidi?

  4. Ibrohim

    Uruwla har doim bugan, har doim buladi

  5. Gulnoza

    heart heart heart

  6. Yaxshi yozilgan.

  7. ok yoqdi

  8. Tin4li busin

  9. Vorisbek

    Zur

  10. Tin4li busin dunyoda

  11. Juda foydali maqola.

  12. Yusupov

    Omin

  13. Yaxwiii

  14. Xurshid

    heart smile

  15. Aqlli fikr

  16. Xudo dunyoda tin4lik busin. Omin

  17. Odilbek

    Juda muhim mavzu

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social