Turmush qurishdan oldingi munosabat!

Turmush qurishdan oldingi munosabat!

Har bir inson zoti borki o`z juftini topib u bilan baxtli hayot kechirishni xohlaydi. U hech kimga o`xshamagan unga munosib juft bo`lishini istaydi. Har bir yigit qiz o`zi uchun yaratilgan insonni qidiradi.

Ammo yigitlar va qizlar, sizlarga maslahat, turmush qurishday ma`suliyatli ishga beparvo bo`lmang. Siz kimni tanlasangiz ham u bilan bir umr yashashingiz kerak. Siz kimnidir uchratgansiz, balki u sizga yoqar ham, ammo u bilan bir umr yashashga tayyormisiz. Uni yoqtirib yoki sevib qolgan bo`lsangiz turmushdan keyin uning sizga yoqmaydigan fe`l atvorlari ham namoyon bo`lishini unutmang. Chunki hozir uning kamchiliklari sizga jozibaday ko`rinishi mumkin. Ammo turmush qurganingizdan keyin unday bo`lmaydi, menga ishoning.

Albatta har bir yigit qiz bir birlarini sevib qolgach tezroq bir birlarining visollariga etishishga harakat qiladi. Bu holatda ko`pincha yigitlar tashabbus ko`rsatadilar. Ammo qizlar ham his tuyg`ularga berilmay, aql bilan ish tutishlari lozim. O`ylab ko`ringa, qizlarga uyat va andisha nima uchun shunchalik zarur. Xudo ularni nima uchun shunday yaratgan. Tasavvur qiling siz sevgan yigit sizning qo`lingizdan tutib sizdan bo`sa olishga harakat qilmoqda. Shu paytda uyat va andisha sizga yordamga keladi. Bu hislatingizni hech qachon yo`qotmang. Chunki qizlar uyalganlarida yanoqlari qizarib ketadi. Bu qizarish va tortinish yigitlardan sizni himoya qiladi. Shu holatga tushganingizda yigit ham o`zini chetga tortadi. Chunki bema`ni xatoni vaqtida to`xtatgan ma`qul.

yigitlar sizlarga savolim bor. Mahbubangizni chin dildan sevasizmi? Agar siz unga talpinayotgan bo`lsangiz va uning visoliga tezroq etishishni xohlasangiz to`y haqida o`ylab ko`ring. E yo`q, to`yga hali tayyor emasman deysizmiyo?! Unda sizning yuragingizdagi hissiyot sevgi emas, bu bor yo`g`i  ehtiros holos. Agar siz mahbubangizni chin dildan sevsangiz, uni hurmat qiling. Aniqrog`i uning shahsiyatini to`ydan oldin poymol qilmang. Uning o`zgalar oldida hurmatga ega bo`lishini xohlasangiz, o`zingizni ehtiroslardan tiying. Chunki hozirgi ehtiroslaringiz hozir ham mobodo to`y qiladigan bo`lsangiz to`ydan keyin ham yaxshi natija bermaydi.

Sizlarga maslahatim bir biringizni nazorat qiling. Ya`ni biringiz chegaradan chiqib ketayotgan paytingizda boshqangiz to`xtatishga harakat qiling. Agar hozir to`xtasam u men haqimda nima deb o`ylaydi deb o`ylamang. Chunki hozir o`zingizni tiya olsangiz sherigingizning sizga bo`lgan hurmati oshadi.

Nikoh muqaddas bo`lmog`i lozim. Hozirgi zamonda bu mavzu yoshlar uchun juda zerikarli tuyulishi mumkin. Ammo muqaddaslik bilan boshlangan nikohda oila mustahkam bo`ladi. Sizga baxt va omad tilayman.

Kommentlar: 116 komment. 116 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. нодир

    кандай билса булади: шу киз билан мен бир умр булолиман деб?

  2. sevgi va yoqtirib qolish urtasida qanada farq ekan?

  3. ораларингда севиб колганлар борми, “севги – севги” дейишадию, лекин шу хакикий севгини хис килиб курганлар борми?

  4. Azam siz juda tugri gapirdiz. yigitlar ko’plari shunaka qilishadi. keyin qizlarni esa boshqa yigitlarga ishonchi bulmaydi.va keyin esa qizlar ota-ona topgan yigitlarga turmushga chiqishlari kerak buladi!

  5. ha yigitlar yukorida aytib utgan gaplar haqida uylab kuringchi!

  6. Нигора

    манимча бу мавзу буйича роса узок бахслашиш мумкин, бу ерда на угил бола, на киз болани ёмонлаш манимча тугри келмайди, албатта хаммасини эмас, чунки хамма бир эмас, тугри угил болладаям, киз боллани орасидаям махмадоналари топилади, ана шундайлардан Худонинг узи асрасин

  7. Номаълум

    Юкорида Нигора тугри айтиб утган, бунга кушиламан. Эсларингдан чикарманглар “Бола кузи билан, кизлар кулоги билан севишади”

  8. nilyufar

    ha achiq haqiqat!

  9. F❤️

    Fozil aka sizi bir umr unutmiman ketiwizga yo’l bermasam bowqa yo’l topib kettiz qz bola bowm Bn munosabatlarimiz tugamasligini wunca xolasamda Sz uzoqlawtrdz….muhimi km Bn bosayam baxtli bolin

  10. M❤️

    Hayotda hamma narsa boladi insoni bir marta sevadi dgani menimca notori ozizga munosib ucrasa tuygular boladi.Ayol kiwi kitob boliwi kk har sahifalaganizda yangi yangi mavzupa boliwi kere agar hammasini birdaniga ocib berseyz erkak zoti szdan zerikib qoliwi wubhasz

  11. gulShoda

    Men javohirni qattiq sevib qoldim. U meni sevadimi yoki yoq qanday sinashim mumkin

  12. SARFAROZ

    Xamma narsadan shu shu narsa muhimki juftliklar bir biriga ishonishi lozim agar Xudo chin sevgini ikki yoshni qalbiga joylagan bolsa ular albatta bir biri bilan baxtli boladi

  13. MOXINABONU

    Sevgi ozi bor narsami unga yetishish osonmi ajavob bering

  14. Togri sevgi bor narsa lekn harkm ham cin dildan sevmidida avval cin sevgiligiga iwonc hosil qiliw kerak iwonc bu sevgining poydevori:-*

  15. Manimcha sevgi bor narsa sevgini bir birini tuwungan juftliklargina xis qila oladi muximi ikki yosh ortasida ishonch,mexr, va xurmat boliwi kk

  16. Sevgi bor

  17. Sevgi bulmagan narsa sevgi tuydan keyin

  18. Sevgi menimcha yo‘q tuyģu.

  19. Fazo.tv

    Nega unday o’ylaysiz?

  20. Temur Malik

    Assalomu alaykum sevgi albatta bor,insonning ôziga bog’liq tuyg’u bu.Hammasi ishonchdan boshlanadi.Sevgini mohiyatini juda kam insonlar tushinadi afsus…

  21. Temur Malik

    Bu mavzuda gapirsa gap köp mening fikrimcha 1-ôrinda ishonch 2-o’rinda kechirimlilik 3-ôrinda meyyorida rashq ziyon qilmaydi.Chunki,rashqsiz insonga jannat harom diyilganku.Olloh barchamizni ôzi asrasin sevgimiz holis va Olloh yôlida bôlsin barchaga omad!

  22. Fazo.tv

    Rahmat so’zlaringiz uchun Temur Malik!

  23. Temur Malik

    Arzimaydi salomat bôling!

  24. sevgi bor tuygi uni tuwungan tuwunadi
    albatta unga yetiwiw uni asrash yigit va qizga,bogliq ular qancha sevgisini asrasa owa sevgi shunchalik toza va shaffov boladi
    ishonch albatta birinchi orinda turadi

  25. Fazo.tv

    Rahmat kommentingiz uchun!

  26. Baxtsiz oshiq

    Sevgi? – Bu so’z meni hayotimga kirib keldiyu Hamma narsani ostun ustun qilib tashladi rad qilishidan qorqib 5 yil sevdim Va nihoyat aytishga ozimda kuch topib aytdim va yana 3 yil sevdim bular kam men umrimni ohirigacha sevaman u qizni qolimni ham tekkizmagan Nima demasin hammasiga roziman degan mana 8 yildirkim biror marta soziga yoq demagam qizim Msni unut men boshqasini sevaman dediyu ketdi Bu Asil Xiyonat edi mayli menga men bilan bolishi emas Baxtli bolishi muhim xozir esa Onam kelin qilaman degan qizga yaqinda uylanaman U qiz meni jonidan ortiq sevadi lekin men Uni sevmayman agar unga buni aytsam huddi menday Ko’ngli bir umirlik bitmas jarohat oladi men esa buni istamayman bundan keyin uni baxti uchun meni sevib qolganidan afsuslanmagani uchun yashayman dostlar Hamma ayb bollarda emas Qizlarni ham qoralamayman Bu hayotta hech kim bir hil emas chunki

  27. Baxtsiz oshiq

    Ha yana bir gap qiz to’satdan sababsiz xiyonat qilishi mumkin emas dersiz balkim unda aytib qoyagnim maqul 11 oyga Rassiyaga ketishim kerak bo’lib qoldi 6-7 oy o’tdi va meni ko’ksimga pichoq sanchdi sababi men uzoqdaligimda go’yo masofa sevgini hal qiladiganday Unga hatto ko’z bilan ham Xiyonat qilmagandim axir xozir mana 2 yil bolayapdi Yurtimga qaytgim kelmaydi Uni eslatadigan Narsalarni va o’zini korganimda ko’z ko’zga tushganida nimalar bo’lishini bilmayman uning ustiga u bilan Qo’shni turamiz uylarimiz yonma yon Har ko’rganimda bir o’lib tirilishdan juda qo’rqaman azizlar

  28. Fazo.tv

    Sevgi, sevgi, sevgi – bundan ajoyib va buyuk so’z bo’lmasa kerak! Xabaringizni o’qir ekanman, o’z fikrimni ham bildirib o’tishni joiz topdim. Hozirda ko’p yoshlardan sevgi so’zini tez-tez eshitib turamiz. Naqadar ajoyib! Chunki aynan sevgi haqida eshitish, u haqda tinglash, xullas usbu tuyg’uga sho’ng’ish insonni bir sayoradan boshqasiga olib ketadi. Lekin yoshlarimiz sevgi haqida gapirganlarida, ular qanday sevgini nazarda tutishyapti? Afsus, ko’pchilik yaxshi va yoqimli tuyg’ularni ham sevgi deb o’ylaydi. Lekin, haqiqiy sevgi bir-ikki yil yuragingizdan joy olib, keyin noma’lum joylarga ketib qolmaydi. Haqiqiy sevgi unday emas, haqiqiy sevgi abadiydir. Chunki sevgi mo’jizalarni ko’rsatadi. Sevgi olmaydi va talab qilmaydi, aksincha, u doim berishga tayyor. Sevgini tuyg’ular emas, uni vaqt sinaydi. Agar sevgingiz vaqt sinovidan o’ta olmagan bo’lsa, demak u sevgi bo’lmagan. Ikki yosh bir birini sevib qoldim deydi, ha bu ajoyib va shirin tuyg’u, lekin haqiqiy sevgi hayot qiyinchiliklaridan va tashvishlaridan o’tib sinaladi. Haqiqiy sevgi sabrli va ko’ngilchandir. Sevgi hasad qilmas, kekkaymas, shishinmas. Sevgi beboshlik qilmas, xudbinlik qilmas, achchiqlanmas, kek saqlamas. Sevgi nohaqlikka sevinmas, aksincha, haqiqat ila shod bo’lur.

  29. Rohatoy

    Sevgi yuq narsa

  30. Fazo.tv

    Salom Rohatoy, nega unday deysiz?

  31. Avvalo Ollohni seving so’ngra haqiqiy sevgini Ollohni o’zi beradi va Ollohdan chin dildan so’rang. Olloh har doim siz so’raganni yaxshisini bergan. Xuddiki ota- ona sizga yomonlikni ravo ko’rmagandek Olloh ham sizga hech qachon yomonlikni ravo ko’rmaydi. Yana bazilar sevganimga yetisha olmadim deb noliydilar yo’q nolimang buning ham hikmati ya’ni yaxshilgi bor. Inson uzi qanaqa bo’lsa turmush o’rtog’i ham xuddi shunaqa bo’ladi. Ya’ni iymonli yigitga iymonli qiz, yolg’onchiga yolg’onchi, maddohga maddoh

  32. Fazo.tv

    Salom Guli, gapingiz to’g’ri, hammasining o’zini vaqti bor, va har kim albatta kerakli bo’lgan insonni uchratadi smile

  33. Salom men sevgini bor deb uylayman ln unga xamma xam vafoli bulolmaykan . Shuning un sevmaslik kirak ekan xammani xam pishonasiga yozilgani buladi .

  34. Salom men sevgini bor deb uylayman ln unga xamma xam vafoli bulolmaykan . Shuning un sevmaslik kirak ekan xammani xam pishonasiga yozilgani buladi .Ming kimni sevma baribir pishonangga yozilgani buladi man shunga ishonaman

  35. Fazo.tv

    Salom Malika, har birimiz uchun atalgan inson bordir, vaqti kelganda uni albatta uchratamiz)

  36. SadishA

    Salom hammelarga Hayit bayrami muborak bo’lsin azizlar☺

  37. Fazo.tv

    Salom Sadisha, katta rahmat! Birga bo’lsin!

  38. Nargiza

    salom

  39. Oddiy bola

    Qalesz Nargiza.tanwse b6ladmi?

  40. Fazo.tv

    Salom Nargiza, yaxshimisiz? Ishlaringiz yaxshimi?

  41. Men sevdim….va unga ishonaman..uni sevgisiga shubham yuq..fotihali bulganimizga yaqinda1/ yil buladi…yana 1 yil maktabm bor…u meni kutadi….men ham uni huddi ro’zador inson iftorlikni kutgandik ,,,SABR,,,QILIB KUTAMAN.INSHA OLLOH BIZLARNI DUO QILING …SIZLARGA HAM YAXSHI UMR YULDOSH tOPISHIZGA TILAKDOSHMAN…OLLOH BARCHAMIZGA CHIROYLI BAXSHT BERSIN…

  42. Sizga ishongan insongagina ishoning…

  43. Hayotta xar narsa bulishi mumkin…shuni unutmaylik ,,,YAXSHILIK HAM YOMONLIK HAM OLLOHDA…

  44. SEVGI BOR…

    SEVISHGANLAR BOR

    AMMO HAMMA BIR XIL EMAS AFSUS…

  45. Fazo.tv

    Salom Vasila! Siz uchun kuda xursandmiz!! Baxtli bo’ling! Gaplaringizga qo’shilib qolamiz! smile

  46. Sevgiii… Olloh taqdirimizga yozgan inson… O’sha insonni kutib yashash,o’zni Olloh taqdirga yozgan inson u.n saqlash kk

  47. Такдер

    Xa ajoyib ammo xardoimam biz kutkan narsalar bolavermaydi Lekin hamma narsa oz qolimzda ekanligini unutmaylik dostlar

  48. Такдер

    Ayniqsa Taqder yolida

  49. Fazo.tv

    Salom Такдер va Amina! Gapingizga qo’shilib qolamiz, hayot yo’lida har xil vaziyatlar bo’ladi, shuning uchun Xudoga va o’zingizga ishonishdan to’xtamanglar, hammasi yaxshi niyat qilsa, yaxshi bo’ladi smile

  50. Такдер

    Sevgi qane endi bz sevgini Ozimz kora olsak sevgini cin qalbdan xis eta olsak ex sevgi bu nima aslida bilmaymiz u bzda bormi yoki yoqmi yoki insonga berilmaganmi yoqmi deb xayratlanamz !man bitta narsani bilaman umir yuldowimni sevmayman unga sevaman ham deb etmaganman leki yaxwi koraman buni aniq bilaman cunki u insoni yomon kora olmiman jaxlim ciqsa ham tez untivoraman!

  51. Fazo.tv

    Salom Такдер! Uni nega sevmaysiz deb o’ylaganmisiz?

  52. Men bittasini sevdim u meni sevdi u meni jannat tomon yetklayman wunga toʻy boʻmaganimiz4a gaplawmaymiz bu zino dedi .Mana bu sevgi .Sevganing seni gunohlardan qaytaradi xatto seni sevsaham

  53. Fazo.tv

    Salom Ali! Fikringiz uchun katta rahmat. Lekin nega to’ydan oldin gaplashish gunoh?

  54. Yomon qiz

    Men uchun sevgi bor. Buni sevib qolib angladim!
    Chin sevgi boylik, mol dunyo , chiroy tanlamaydi. Manfaatlar evaziga yaratilgan munosabat vaqtinchadir. Sevgi kutilmaganda qalbga kirib keladi va qalbni go‘zal baxtga to‘diradi. Uning quvonchi sening quvonching bo‘lib qolar ekan.
    Yigitlar chindan sevsa qanday bo‘ladi bilmadim, ammo qiz bola chin sevsa Allohdan sevgan insoni uchun umr,baxt,sog‘lik so‘raydi. Sevganidan faqat mehr,e‘tibor va shirin so‘z kutadi.
    Uni juda yaxshi ko‘raman, uni ko‘rganimda qanchalar yuragim larzaga kelishi o‘zimga ayon…
    Vaqt, masofa, janjal, tushunmovchilik,qarshilik, rashq kabi tuyg‘ularni bir-bir totdim, endi Alloh berajak baxtdan umidim katta
    Sevgi hechqanday sababsiz va manfaatsiz bir insonni yaxshi ko‘rishingdir, kulgusini eshitib baxtli bo‘lishingdir, yoningda o‘tirganda har bir harakatlarini sevib sevib kuzatishingdir, uning hir og‘iz shirin so‘zidan baxtli bo‘lish va bir oddiy so‘zidan xafa bo‘lishingdir
    Hechqachon qiz qalbi bilan o‘ynashmang!!!
    Kim uchundir so‘zlarim ertakdir, lekin bular mening his qilgan tuyg‘ularim. O‘jar,mag‘rur,g‘ururli qiz sevsa juda sevar ekan…

  55. Fazo.tv

    Salom Yomon qiz! Go’zal so’zlaringiz uchun katta rahmat! Bularni o’qib juda xursand bo’ldik! Sizga katta baxt tilaymiz smile
    Hozirgi kunda o’zining haqiqiy sevgisini topish juda qiyin bo’lib qolgan, shu haqda nima deb o’ylaysiz?

  56. Yomon qiz

    Salom rahmat
    Ko‘pchilik sevgini havas yoki qiziqish bilan almashtiradi. Menimcha haqiqiy sevgini o‘smir yoshda topilmaydi. Sevgan odam uning barcha shartlariga ko‘nikib ketaveradi degan gaplar har doim ham o‘rinli emas. Sevgan odam sevgani uchun, uning kelajagi uchun hamma narsga to‘sqinlik qilmaydi. Qizlar sevimli bo‘lishni istasangiz o‘timishingizni toza saqlang. Zero qiz bola kelajagi bor yigitni, yigit kishi esa o‘tmishi toza qizni izlaydi. Siz shunday bo‘lingki sevgan yigitingiz oilasiga sizni faxrlanib gapira olsin. O‘qing, izlaning, mehribon bo‘ling shundagina chinakkam sevimli inson bo‘lasiz. Chin sevgini topish uchun har kun yangisini topib tajriba o‘tkazilmaydi. Kuting uning o‘zi albatta keladi. Sen qanday bo‘lsang shunday yor uchraydi!
    Hamma narsada qiyinchilik bor, qiyinchilikga chidolmay ketavergan bilan qiyinchilik tugaymaydi. Aksincha ko‘payib yana oldimizdan chiqadi.

  57. Fazo.tv

    Ochig’ini aytganda sevgi haqida bilgan sizdek dono va tajribali odamni kam uchratamiz. Siz sevgi bo’yicha maslahatchi bo’lishingiz kerak)). Qo’shimcha qilib faqat bir narsani aytib o’tsa arziydi… Eng chinakam va sof sevgi aynan Xudodan keladi degan fikrdaman. Xudoning cheksiz sevgisini xis etgan insongina boshqa insonni seva oladi. Bunga qanday fikr bildirasiz? Oldindan rahmat. smile

  58. Yomon qiz

    Albatta Allohni sevgan insongina bandasini sevish qobiliyati ega. Alloh yo‘lida sevish so‘zining ma‘nosi ham Alloh buyurgan amallarni bajarib, Alloh man qilgan ishlarni ishlamasdan bir insonni yaxshi ko‘rishdir. Ana shundagina sof sevgi bo‘ladi.

  59. Fazo.tv

    Salom Yomon qiz. Siz juda dono inson ekaningiz haqiqatdir. Aytingchi, Alloh sizni faqat ma’lum amallar qilganingiz yoki qilmaganingiz uchun sevadimi? Agar shu ma’lum amallar qilinmasachi? Javobingiz uchun rahmat.

  60. Yomon qiz

    Assalomu alaykum!
    Ona o‘z farzandini olovga tashlab yubora oladimi?Albatta yo‘q! Alloh ham o‘z bandasini ona bolasini yaxshi ko‘rgandan ko‘proq yaxshi ko‘radi va uni olovga otib yuborolmaydi,uni gunohiga yarasha jazo, yaxshi fazilatlariga yarasha mukofot beradi. Alloh buyurganlarga amal qilish barchamiz uchun zarurdir. Lekin inson hamisha bir nuqsonsiz bo‘lmaydi, inson mukammal emas. Chin dildan tavba qilgan inson kechiriladi Alloh rahmdil va kechirimli ( bu degani hamma narsa kechiriladi xohlaganni qilib keyin tavba qilish degani emas albatta). Har kim o‘z dunyoqarashi doirasida fikrlaydi. Dunyo va dinni teng ushlab turish kerak. Bular bir-biri bilan bog‘liq. Ikkalasi teng olib borilsagina baxtli hayotga erishamiz

  61. Fazo.tv

    Salom Yomon qiz! Bildirgan fikringiz uchun katta rahmat. Siz juda yaxshi suxbatdoshsiz. Chindan ham, Xudo biz insonlarni O’z farzandlari va bandalaridek sevadi. Dunyoqarash haqida ham dono fikr bildiribsiz. Gapingizga qo’shilaman, har kim o’z dunyoqarashi doirasida fikrlaydi. Siz din haqida ham fikr bildiribsiz. Aytingchi, insonni din ozod qiladimi yoki uning qalbidagi Xudoga bo’lgan imonmi? Xudo uchun nima muhimroq? Sizning qaysi dinga tegishli ekaningizmi yoki Unga bo’lgan sevgingizmi? Tarozning pallalarimi yoki Xudoga bo’lgan sevgingiz sizning taqdiringizni belgilaydimi? Yana bir bor xabaringiz uchun rahmat. Javobingizni intizorlik bilan kutib qolaman.

  62. Assalomu alaykum. Maqolani o‘qidim, kommentariyani ham ham. Sevgi bor. U Alloh sevgan bandalariga nasib qiladi va banda ham Allohni sevgandagina abadiylik topadi. Sevgi insondagi barcha yaxshi fazilatlar va go‘zal xulqning birlashuvi bo‘lib, o‘z-o‘zlikni poklash hamdir. Bundan boshqa manfaat kutilmaydi. Albatta sizdagi sevgini oqila, farishtasifat, go‘zal xulq egasi bo‘lgan biror qiz uyg‘otadi. Unda siz o‘z kelajagingizni ko‘rasiz.
    Sevgi ilohiy tuyg‘u. U sizga ko‘p narsa bergani bilan fidoyilikni va g‘ururni ozroq chetga surishni talab ham qiladi. Inson insonning fe‘li kamolini va xarakterini oxirigacha tushunib, anglab yeta olmaydi. Hayotda har narsa bo‘lishi mumkin, shuning uchun ham ikki qalb sohibi bir biriga g‘ururli bo‘lolmaydilar, bir biriga suyanib kuch topadilar.
    Yigitlarning sevgisi haqida ham gap ketibdi. Yigitlar ham o‘z ishongan insonini yeru ko‘kka ishonmay sevadi.
    Sevgini abadiyligini ishonch ta‘minlaydi.
    Sevgan insongiz sizdan boshqaga qaramasligiga, faqat sizni deyishiga ishonasizmi

  63. Fazo.tv

    Salom Mirzo! FIkringiz uchun katta rahmat. Juda to’g’ri narsalarni yozdingiz. Xudo barchani sevadi va shuning uchun ham har bir inson kerakli vaqtda haqiqiy sevgini uchratadi. Lekin shunda ham, o’zini sevmagan inson boshqani sevishi qiyin bo’ladi, va boshqalar uni seva olishadi deb ishonishmaydi. Shuning uchun ham ba’zi insonlar sevgi yo’q deb o’ylashadi.
    Savolingizga javob bersak, ha biz ishonamiz. Bunday bo’lishi uchun birinchi o’rinda sevgi, hurmat va bir-biriga ishonish bo’lishi kerak. Faqat shundagina bunday munosabatlar butun umr davom etishadi. O’zingiz savolingizga javob bersangiz, juda hursand bo’lar edik smile

  64. *******

    Sevgi umuman yo‘q u shunchaki gap xolos

  65. Fazo.tv

    SAlom *******! Nega shunday deb o’ylaysiz?

  66. Shukrona

    Sevgi bor narsa usiz hayot yuq seving seviling shunda bilas qanaqa tuyģu ekanin

  67. Fazo.tv

    Salom Shukrona! Fikringiz uchun katta raxmat! smile

  68. Manga ginikalogiyadan tajribasi bor odam kere iltimos manga yordam berin

  69. Manga ginikalogiyadan tajribasi bor odam kere iltimos manga yordam berin.Man bn aloqaga chiqin

  70. Fazo.tv

    Salom ….., telegramda bizga yozing

  71. Nilufar

    Sevgi yóq man ózim sevib qoganman db óylagandim ôrganb qoganakamman sevgi aslida tóydan keyin bóladi yoqtrgan insonmdan kónglim sovub ketti harakterdan qórs qópol muolmilada bóldi lekn manga sovci yuvorgandi rozili bergandm oq ôrarmam bóldi 1.5yil :-ggaplawgandm lekn sevgi tugadi sovuqcili tuwdi endi arosatdaman uydglarmga etsam qz sevsa qoladi yigit sevsa oladi dywvotti teywga majbur bóvomman ózmyam vijdonim qynalvotti teymiman dywga tóydan keyin yaxwi kórb ketarman db umid qvomman slaga maslahatm Kim sevishi bowlagan bôsa harakteri yoqmasa slani qynasa lucwe bowida toxtatila bómasa manga ôxwab arosat qolasla keyn ollohga tavakkal qlwlaga tôri keladi.

  72. Fazo.tv

    Salom Nilufar, hikoyangizni bo’lishganingiz uchun rahmat. Sizga faqat kuch tilashimiz mumkin. Ota onangizga tegishni hohlamashingizni tushuntirib ko’rishga harakat qiling. Keyin qiynalib qolmang.

  73. Sevgi bor yuq emas adashasizlar men sevganimni uz qulim bilan yuq qildim

  74. Undan bir martagina kechirim surasam buldi edi armonim bulmasdi qizlarga maslaxatim erta afsus qiladigan ish qilmang sevasizmi yuqmi buni bitta uzingiz yolgiz xonada qoronguda utirib uni boshqa qiz bilan tasavvur qikib kuring shunda qurqib ketayabsizmi demak uni sevasiz hech kimning gapiga quloq solmang uni yomonlashsayam bilingki u faqat sizga yaxshi buladi qolganlarga emas vaxtida qadriga yeting keyin umriz azobda utadi bilaman hozir qiz bolasiz osmonda uchasiz meni mana man deganlari oladi deysiz va urushib qolganda tuyni qaytarasizam achchiq ustida lekin menga ishoning keyin usiz hayot manosiz bulib qoladi ulayin desangiz ulolmaysiz ota ona bor kuyadi farzand dogida uniyam qaytara olmaysiz qaytararsizam kechirar ham lekin oldingidek munosabat bulmaydi uni sizga bulgan hurmati yuqoladi sizni oddiy qizlar qatiri kurib qoladi unga bir paytlar sizdaqasi bulmagandek tuygu bulmayd ishoning xato qilmang bir ishni qilishdan oldin onangizdan maslaxat surang adashmaysiz nimaiki muammo bulgan bulsa onaga ayting yechim topadi sevsangiz kurashing

  75. Ichizda nima bulayotgan bulsa kimlar sizni aynitayotgan bulsa undan shularni ayting uzi yechadi hammasini sizni sevsa siz faqat jim turing sukut qiling faqatgina yordam beradi ishoning jim bulish oddiygina tashlab ketgan bulsayam jim yuring hech narsa demang uzizni oqlamangam lom lim dwmay yiglasangiz ham uyda yiglang kursatmang shunda bilasiz kimga kerakligizni sevsa keladi qaytib meniyam sevarkan qaytib keldiyam lekin oldingidek bulmadi munosabat uzim voz kechdim baribiram qattiq sevganini endi tushunib yetayabman lekin kech ushandagi xatolarimniyam bilyabman anglayabman meni birinchi sevishim edida nima tugriliginiyam anglolmadim

  76. Savolim borda erkak kishi uylangandan sung utmishidagini unutadimi yoki eslaydimi bir bora bulsayam

  77. Тимур

    Турмушдан кейин, севиб уйланган буса, эркак киши бутун утмишини уйлами куяди, баъзан факат яхши фикрлар билан эслиди

  78. Turmushdan keyin deganiz bu oldin oila qurib keyin yana uylansa deyabsizmi yuq birinchi uylanishi

  79. A yuq unashtirilib iikkiyarim yil yurib keyin tuy bulmasachi onasini aytganini olsachi men eslasin demayman baxtli bulsin lekin menga nafrat bilan qaramasin deyman men majbur edim onasi tel. Qilib menga keyin endi uglimga osilma baribir olib bermiman endi seni qandayin qizsan uzingni yigishtir deganda bulmasa uglini uzi keldi yonimga qaytib onasi yana gaplashganidan xabar topibdi keyin shunaqa dedi

  80. Salom NIgora, nega unday dedila? YIgit nima dedi? Nega sizga yomon gapirdila?

  81. Salom meni aybim bor edida men qaytargandim bilmadim nega unday qilganimni tushunmayam qoldim uzim u mendan ikki yarim yil yurib meni kamchiliklarimni keyin kura boshladi menga uyogiz bunaqa ekan qoshimdan ,peshonamdan kam topib boshladi shunga jaxlim chiqib ketgan edi men uni masalan oldin sevgan bulmasam uni sovchi junat demagan bulsam uzi tusatdan onasini yubordi qarindoshimning qarindoshi edi ularniyam yetaklab kelganiga ayam va dadam yuq deyisholmadida men ularni non tuzini yeb katta bulgandim ota onam yuzsizlik qilisholmay ular uchunam rozi bulishgandi menam hech narsani tushunib tushunmay buldi meni hayotim endi faqat shu bilan deb kundim chunki hechkimni sevmagandimam sevishniyam istamasdim shunga buldi endi shuni sevish kerak ekan deb avval urganib qoldim keyin asta sekin yoqa boshladi keyin har bir gaplari kuzlari kuzim oldiga keladigan rashk qiladigan bulib qoldim qaytarganim uchun onasi olib bermiman endi xomtama bulma beting bormi dedi.shundan keyin bildimki befoydaligini yigit undan keyin uzi telefon qilib yarashishni suradi yarashdik gaplashdik avvalgidek bulmadi negadir unda menga nisbatan ishonchni kurmadim hurmatni sezmadim keyin menga u tugilgan kuningacha xayr tugilgan kuningda kurishamiz dedi xup dedim tugilgan kunimga hali uch oylar bor edi lekin ushangacha uydagilar telefon qilib shunday dedi

  82. Uydagilar hammasi buldi tugat endi unut endi unga tekkaning bilan onasi sigishtirmaydi dedi yasholmisan shunday qilganingni yuzinga solib yuradi deyishdi menda hozirgi dunyoqarashim yuq edi kim nima desa ha shunaqa ekan shular biladi dedimda buldi voz kechdim

  83. Aytingchi men bilan ikki yildan ziyod yurib kamchilik topganini siz nima deb izohlaysiz nimaga unday degan

  84. Xudoga shukur hozir turmush qurganman turmush urtogim judalar yaxshi kuz tegmasin meni shundan keyinam xudo yana bir bor shunday yaxshi inson bilan siyladi nolimayman ming shukur faqat farzand bermayabdi shunga qargishga qoldimikan deb xayolimda undan kechirim surash urnashib oldi men ushandagi xatoyim u balki chindan sevgan bulsa uni dilini ogritdim gunoxga qolganman degan fikr ichimni kemiradi u menga shu ikki yarim yil ichida bergan mexrni boshqaga berganda bilasizmi osmonlarga uchgan bulardi u mexrni kam bermadi ortigi bilan berdi etiborniyam men qadriga yetolmadim faqat oxirgi ishi shu kam topgani va oldin sevganini aytib menga unday bulolmaysan degan gapi nuqta quydi mendan zerikdi xullas unga tekkanim bilan oilada baribir gidi bidi buladi tugrimi asta sekin soviy boshlaydi keyin sevgiyam yuqoladi quyadi shunday emasmi men tugri qilganman qaytarib unday inson menga uvol edi qadriga yetmadim u mendan yaxshilariga loyiq inson aytishadiku teng tangi bilan deb qadrlashni bilganga qadrlaydigan loyiq deb men qadrlaganimda kam topsayam jim bulardim lekin unday qilmadimmi demak qadrlashni bilmayman .mayli Baxtli bulsin shunga loyiq inson baxtdan yashnasin qarz ikki quldanam chiqadi shunday ekan meni kechirsin faqat istagim shu

  85. Salom alaykum Nigora, yozganlarz u4un rahmat, sizga faqat baxt tilab qolaman, bolali albatta bulasz. Shifokorga murojaat qilib kurganmisiz? Nima deyiwdi?

  86. Ichimni azob yeb bitirdi nima qilayin kechir deb yozsam nima deb tushunadi yana bu xiyonat uni yarasini tirnab jarohatlayman lekin kechirganini eshitmasam tamom bulayabman chunki juda kup xatolar mendan utganini har kuni soat sayin tushunib borayabman unda ayb bulmagan umuman meni ushanda nima jin urgan bilmayman

  87. Uydagilar ham meni qoralashdi ayblarning kattasi menda ekan

  88. G’uzorliklar bormi oralaringizda

  89. Тимур

    Салом Нигора, жуда кийин вазиятда бупсиз, ягона маслахатим узингизни кечирин. Биринчи уринда узингизни кечирсез, коганини нима килишни тшунасиз

  90. Assalomu alaykum katta raxmat vaxtingizni ayamay uqib maslaxat ilinganlariz uchun kimgadir yengillashgim kelardi besh olti oydan beri meni azoblab yotgandi hammaning uz dardi bor birovnikini hech kim eshitmaydi kimga yorilishni bilmayotgan edim yozib bulsa ham yengil buldim ancha katta raxmat borlaringizga shukur odam taftini odam olarkan baribir

  91. Тимур

    Биз хурсандмиз Нигора. Узингизни кечиринг, хаммаси шунда яхши булади.

  92. Hech qachon hechkimni sevmang maslaxatim shunda xatoyam bulmaydi insonda uylanmoqchi bulsa birdan tuy qilib olsa gaplashing uzoq chuzib yursa gaplashmang ushangacha maslaxatim qizlarga hech kimga ravo kurmayman sevish qiynogini bunga bardoshi yetadigan bor yetmaydigan bor

  93. Salom alaykum Nigora, nega unday desiz? Sevgi eng katta baxtku. Sevgini tuwuniw u4un birin4i Xudo seving, keyin uzingizni seving. Uzini sevgan odam, bowqa odam ham seva oladi. Siz uzingizni sevmasangiz, sizni qanday qilib seva oliwadi? Xudo bilan munosabatlaringizni yaxwilang. Bu mening maslahatim, uzr qattiq tuyilsa sad

  94. Men bir sevishganlarni bilaman ularning sevgisi chin ekan rostanam men shundan keyin sevishganlar chindan sevishgan bulsa ular baribir birga bular ekan yigitni onasi sevganini olib bermadi uylandi onasi aytganiga oradan bir yilmi utib onasi bilan kelin chiqisha olmay onasi kelinini haydavordi keyin yana uylantirmoqchi buldi buni qarangki qiz haliyam erga tegmay kutayotgan ekan yigit endi uylansa faqat shunga uylanishini aytdi va uylandi hozir bolali bulishgan xursand buni qarang bu haqiqiy ekan kuz oldimda bulgan voqea chindan sevgan bulsangiz aniq uchrashasiz xudoyim buni shunday tashlab quymaydi :-)ularga shunaqayam havasim keldiki rost ekanini kurib hayron qoldim

  95. Salom alaykum Nigora, haqiqiy sevgi bor narsa, afsus kupla uzlari bunday sevgidan qo4iwadi bazan esa ota onalar ham bunga qarwi buliwadi. Afsus hozirgi kunda ota onasi olib bergan qizga uylaniwadi, keyin esa kupin4a ajrawiwadi, 4unki ular bir birini seviwmidi, janjalla buliwadi. Xudoni va uzingizni seviwga harakat qilin, wunda bowqa insonga ham kungil bera olasz

  96. Ajoyib va foydali maqola rahmat fazotv manga yoqdi bunga albatta rioya qilaman by maqoladagi har bitta aytilgan or nomus had bit qizning eng chiroyli Libosi deb oyliman by had qizda bor qiz bolalik irfati by 3ng muhimi chunki ozbek qizida uni shu bilan hurmat qilishadi

  97. Maqola ajoyib foydali bolibdi rahmat fazotv

  98. Meni savolim erkaklar va yigitlarga akam uttizga kirdi kup qizni kursatyabmiz yoqmayabdi nimaga unday deb uylaysizlar sababi bormi uzidan gap sugurib olib bulmaydi

  99. Buning sababi nima bulishi mumkin bir paytlar sevgan ekan u qiz erga tegib ketgan sababi shu emasmi haliyam uni sevishi mumkinmi .

  100. U qizning dugonalarini aytishicha u qiz uch yil ham gaplashmagan faqat izidan yurib yaxshi kurgan ekan gaplashmasayam shunchalik sevishi mumkinmi

  101. Assalom alaykum Mohi qalaysiz sevgi faqat gaplashishdamas gaplashmay ham sevadi siz akangizni yaqin dosti sirini aytadigan dosti bolsa shu orqali sorab bilib olishiz kerak faqat akangizga bildirmay yolini topsayiz lekin shunda ham akangizni ichidan otganini õzi biladi shunda ham.dosti bilan sirlashadi balki xali xam shu qizni sevar balki hali xam umidi bordir turmushga chiqan bolsada bunisi qorongu balki õzidan sorab qorarsiz nega xaligacha yurganini bit sababi bordir oilada boshqa ogil farzand bormi balki ikkalasi yolgiz gaplashib olishsa balki bilarmidiz deymanda baribir qiz bola bolsangiz sizga aytmaydi Balki kongliga yoqadigan qiz topmayitgandir hayot akangizniki uni õzi hal qiladi balki boshqa qizni topib gaplashib korsa sevib qolar hayotda bit qizni deb otmaydiku lekin u qizi ornida bolgim keb ketdi turmush qurgan bolsa yam akangiz sevishda davom etyapti endi yana bir bit boshqa insoni sevishga harakat qilib korsa yaxshi boladi Mani fikrimcha hammasi yaxshi boladi akangizga baxt tilayman baxtli bolsin inshaloh kech turmush qurganlarni turmushi yaxshi boladi deyishadi balki oloh shuni xoxlagandir shu uchun kechikayotgandir turmushi nikoh shoshiltirsa bir kinda vaqti kelmasa qancha yil kerak balki akangiz hali xoxlamayotgandir turmush qurishni nima deysiz shunga

  102. Iltimos boshidan utgan yoki tushunadiganlar aytib yuborizlar ayam siqilib ketdilar ichimdagini top deyishidan

  103. Uzr notogri gap aytgan bolsam lekin bari akangizni õziga bog liq

  104. Balki ota onangiz ochiqchasiga gaplashib olarlar akayiz bilan

  105. Raxmat etiboringgiz uchun akam oilada bitta ugil eng kattamiz ikki qizmiz haliyam sevadi degan fikrdamisizey u qiz turmushga chiqayotganda bizda sharoit yuq bulgan ham akam ham yosh bulganda uylantiramizam deyishmaganda u payti sovchilikka boring degan ayamga ayam hali sharoit yuq yoshsan hali fikring uzgaradi deganla lekin meniyam uylashimcha hali ham sevadi deb uylayman u qiz ham uzimizni joyga tekkan kuribam turadida pashti tez tez lekin un yil buldi u qizdan ajralganiga sevgiyam qolmadiyov bunchavvaxtda akamam nechta qizni kurib qayerlarga borib keldi esidan chiqargandir deyabmanda yanayam kim biladi sevib kurmaganmiz tushunish qiyinda kungil ishini

  106. Ayam gaplashgandila sevganing bormi ayt desalar usha paytlari aytganimda sevganim boridi hozir yuq usha payti bormadiz endi bilganizdi qiling deyabdi emishlar

  107. Nahotki shuncha qiz yoqmasaya shunday yaxshi chiroylikkina qizlarni kursatdikda nimasi yoqmasa hayronmiz birini uyogi birini buyogi deb bahona qiladi yoki chindan yoqmaydimi yoki qizga yoqmaydimi tushunmaymizda xullas yo yoshi utuvrib tanlab qoladimikan

  108. Haliyam u qizdan umidvor deysizmi yugey u oilaliku endi baribir ololmaydiku

  109. Assalom alaykum By gaplardan keyin nima deyishni ham bilmay qoldim lekin bit insoni holatini shu inson bolmaguncha baribir boshqa inson tushunmiydi sevgi lekin qiyin sizlarga yaqin bolsa akayiz jorsa ularga ogir bolsa kerak Haliham unutmagan kam emas on yil bolibdi by holatni korib kinodagi hayot akayizda ham takrorlanibdi lekin ikki ortada onayizga qiyin bolibdida sizga end I oyimdan maslahat sorab korib aytaman balki boshqalar saytga kirsa yozib javob qaytarar

  110. Siz qayerdansiz Mohi sir bolmasa taqdiriga yozilmagan ekan mayli end I nega boshqasini sevishga harakat ham qilmayapti balki uydagilarizni shu paytdagi gapiga qasd qilib hozirgacha uylanmay yurgandir balki

  111. Salom alaykum, Mohi akangiz biln uziz gaplawib surab kurmaganmisz?

  112. Guzordanman men bilan umuman gaplashmaydi akam uta jiddiy men haymiqib turaman

  113. Avvalroq uylantirgandaku allaqachon unutvorardi uylansa esidan cjiqib ketadi hali shuni tushunmayabdimi

  114. Ha buni endi erkak kishilar tushunadida bizlarning fikrlash boshqacha balki butkul boshqa sababdirey

  115. Mayli bit yoli topilar onayiz siqilmasin onayizi asrang siqilib õzini oldirib qoymasin ogrib qolmasin erkakni dardini erkak tushunadi biz ayolmiz baribir biz ularni tushunish uchun erkak bola olishimiz uni holatini xis qilishimiz kerak akayizga hayronman hech bolmasa onayizi oylasin balki sevmay uylansa ham toydan key in bit birlarini sevib qolishar nima deysiz yonidagi insonlarga ham oilasiga ham etiborli bolish zarar qilmasdi akayizi dardini ozi via oloh biladi nima bolayotganini by bizga qorongu biz shunchaki gapirib otib ketaveramiz xolos nima bolsa bari yaxshilika

  116. Gulnoza

    Turmushdan oldin birga yashash harom

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social