Hayotingizga kelayotgan noxushliklarda kimni ayblaysiz? Bo`layotgan ko`ngilsizliklarga kim aybdor? Men bir odam haqida eshitgandim. Uning qilgan ishini ko`rib, erinmagan banda deb yuborgan edim. Ammo keyin o`ylab qarasam, u to`g`ri qilar ekan. Nima qiladi, deysizmi? U uyida muhim hujjatlari orasida “AX” deb yozilgan papkani saqlaydi. Bu – Axmoqona Xatolar, degani.
U hayotida, ishida qilgan axmoqona xatolarini o`sha papkada saqlaydi. Qanday xato qilgan bo`lsa, ularni qo`lda o`zi shaxsan yozib, o`sha papkada saqlaydi. Ba`zi-ba`zida muhim qarorlar chiqarishdan oldin, bu xatolarni varaqlab ko`radi. U menga shunday degan edi: «Nega bu narsalarni yozishga vaqt sarfladingiz, deysizmi? Bularni yozishim uchun qanchadir vaqt ketsa ham, kelajakda, qilishim mumkin bo`lgan xatolardan saqlaydi.
Har safar qaror chiqarishdan oldin, mana shu papkani varoqlayman, va qiladigan ishimni yaxshilab o`ylab ko`raman. Yana xato qilib qo`yib, oilam va boshqalarning oldida noqulay ahvolga tushib qolishni istamayman.» U haq gapni aytgan edi. Har birimiz o`tgan hayotimizga qarab, qilgan xatolarimiz haqida o`ylab ko`rishimiz kerak. Bu xatolar doimo ko`z oldingizda bo`lsa, keyingi xatolarning oldi olinadi. Ëshlikda kim ham xato qilmaydi deysiz?!
yillar o`tib, kishi ulg`aygach, o`shanda xato qilganini anglaydi. Hayotida bo`lgan ko`ngilsizliklar xatosi tufayli kelib chiqqanini tan oladi. O`sha paytda balki boshqa birovni ayblagandir. Hech kim xatodan holi emas. Xatto buyuk sarkarda Napoleon ham o`zi haqida shunday degan ekan: «Muqaddas Elena orolidagi jangda mag`lub bo`lishimizga faqat o`zim aybdorman. Mening eng yovuz dushmanim , bu men o`zim.»
Amerika moliya olamida ko`zga ko`ringan shaxs Xauell haqida bir narsa eshitganman: «U tanishlaridan biriga shunday degan ekan: Mening oilam shanba kuni kechqurunga mening ishtirokimda biror narsa rejalashtirishmaydi. Chunki o`sha kuni kechki ovqatdan so`ng, men xonamga kirib, o`z ustimda ishlayman. Qilgan xatolarim va yutuqlarimni ko`zdan kechiraman.
Shu paytda men o`z-o`zimdan so`rayman, «Bu safar men qanday xato qildim? »» Bu odam moliya olamida ko`zga ko`ringan etuk shaxs bo`lishidan oldin, ishini oddiy sotuvchilikdan boshlagan. Agar siz ham o`zingiz haqingizda, erishgan muvaffaqiyatlaringiz va qilgan xatolaringiz ustida fikr yuritishga o`rgansangiz, xatolar o`z – o`zidan kamayib boraveradi.
Xatto buyuk va mashxur odamlarning ham o`ziga yarasha kamchiliklari bo`ladi. Bilasizmi Benjamin Franklin ham kamchiliklardan holi bo`lmagan. U o`zi haqida fikr yuritar ekan o`zida, 30ga yaqin kamchilikni topadi. Ulardan biri, vaqtini bekor o`tkazish, arzimagan narsalarga hijolat bo`lish, bahslashish va gap qaytarish. Franklin bu kamchiliklarini tuzatmasa, hayotda muvaffaqiyatga erisha olmasligini anglab etgan. U haqidagi ma`lumotlarga qaraganda u ikki yil davomida har kuni o`z kamchiliklari bilan kurashgan.
Bizning ulardan qaerimiz kam?! Biz ham o`z xatolarimizni anglab, keyingi safar shu xatolarni takrorlamaslikka urinsak, bundan ish chiqmaydimi? Siz ham muvaffaqiyatlarga loyiqsiz. Kichkina odamlar arzimagan tanqiddan ham g`azablanadilar. Aqlli va buyuk kishilar bu tanqiddan biror narsa o`rganib oladilar. Shuning uchun atrofingizdagilar sizni tanqid qilishlaridan oldin o`z xatolaringiz ustida ishlashni boshlang. Fikrlaringizni kutib qolamiz.
идеал инсон йук. хеч ким хатолардан страховка килинмаганмиза, хамма хато килади
хато хамма килади, лекин шу хатолардан сунг тугри дарслик чикариш керак!
xatodan inson kocholmidi!
xatolar qilamiz lekin ularni tug’irlash xam kerak!
xamma xato qiladi, lekin xamma xam xatosini tam olmaydi!
hayotimiz xatolardan iborat
To‘g‘ri hamma ham hato qiladi lekin u xatoni qaytib qilmaslikka harakat qilishi kerak
Assalom alaykum ha togri aytasiz lekin bazi narsalarni hato ekanligini nilsak ham shu narsaga yol qoyadi inson zoti borki hato qilishdan qaytmaydi gohida bilib gohida bilmasdan togrimasmi
Bazida insonlar hatolari sabab togri yolni topishadi chunki bit Marta ogzi kuygan.qatiqni puflab ichadi deyishgan agar shunda ham hato qilishdan qaytmasa key in hecham qaytia olmaydi by yoldan bazida hato qilish kerak uni togirlash va kurasha olish ozida kuch topib hatolari ustidan galaba qilishi iuchun
Bazibir hatolarni tuzatish imkonsiz bu hatolarni qilib armonda umri otib ketgan insonlarni juda kop ko’rganmiz in son qancha harakat qilmasin baribir hatolarni yolidan olib tashlay olmaydi lekin bularni tuzatish yolini topsa bari yaxshi tomonga ozgaradi inshaloh