Yangi odatni boshlashning eng yaxshi yo‘li

Yangi odatni boshlashning eng yaxshi yo‘li

Yangi odatlarni qachon va qayerda bajarishning aniq rejasini tuzgan odamlarning odatlarni davom ettirish ehtimoli yuqoriroq. Ko‘pchilik nima qilishini aniq  bilmasdan turib xulq-atvorini o‘zgartirmoqchi bo‘ladi. Biz o‘zimizga o‘zimiz «endi sog‘lomroq bo‘laman» yoki «ko‘proq yozaman», degan va’dalar beramiz. Biroq yangi odatlarni qachon va qayerda tadbiq qilish to‘g‘risida o‘ylab ham o‘tirmaymiz. Uni taqdir qo‘liga tashlab qo‘yib, kerakli vaqtda esimizga kelib qolishi yoki o‘zimizda yetarlicha motivatsiya topa olishimizga ishonamiz. Tadbiq etish niyati «sport bilan ko‘proq shug‘ullanaman», «mahsuldorligimni oshirmoqchiman» yoki «saylovda qatnashishim kerak», singari mavhum maqsadlar o‘rniga aniq harakatlar rejasini yaratadi. Ko‘pchilik o‘zida motivatsiya kam deb hisoblaydi. Aslida esa ularga aniqlik yetishmaydi. Ular odatni qayerda va qachon qilishlarini bilmaydi.

Ayrimlar esa o‘zgartirishlar kiritish uchun qulay  paytni poylab butun umrini o‘tkazib yuboradi.

Tadbiq etish niyati shakllangandan so‘ng, ilhom kelishini kutish zarur bo‘lmay qoladi. «Bugun yangi bobni yozsammikan yoki yo‘q?», «meditatsiya bilan ertalab shug‘ullanganim yaxshimi yoki tushlikdan keyinmi?» Harakat qilish vaqti va joyi aniq bo‘lsa, qaror qabul qilishga hojat qolmaydi. Shunchaki avval tuzilgan rejaga amal qilinsa bo‘ldi.

Agar yangi odatni qachon boshlashni bilmayotgan bo‘lsangiz, kelayotgan hafta, oy yoki yilning birinchi kunini tanlang. Ko‘pchilik aynan shunday kunlarda katta umid bilan ish boshlaydi…

Eng qoniqarli odatni topish uchun savollar ketma-ketligi yordamida qidiruv doirasini kichraytirish, aniqlab olish mumkin:

Boshqalarga ish, men uchun esa o‘yindek tuyuladigan narsa bormi?

Sizning biron bir vazifani bajarishga moslashgan yoki moslashmaganingiz unga qay darajada qiziqishingiz bilan belgilanmaydi. Aksinchi, u ma’lum ishni bajarish siz uchun boshqalarga nisbatan qay darajada yengilroq ekaniga bog‘liq. Boshqalar shikoyat qiladigan qaysi ishni siz rohatlanib bajarasiz? Boshqalardan ko‘ra sizni kamroq qiynaydigan vazifalar aynan siz uchun yaratilgan.

Qaysi ishni bajarganimda vaqt haqida unutib qo‘yaman?

Aqliy oqim shunday holatki, bunda qilayotgan ishingizga sho‘ng‘ib ketasiz, butun borliqni esa chetga surib qo‘yasiz. Yaxshi kayfiyat va yuqori ishchanlikning ushbu qorishmasini o‘sha vaziyatdagi sportchilar va boshqa kishilar his qiladi. Bir vaqtning o‘zida  aqliy oqim holatida bo‘lish va ishdan qoniqmaslikning iloji yo‘q.

Qayerda boshqalardan ko‘proq foyda olaman?

Biz doimiy ravishda o‘zimizni atroflagilarga solishtiramiz. Agar boshqalarga nisbatan yaxshiroq ekanimizni his qilsak, bajarayotgan ishimiz bizga huzur bag‘ishlaydi.

Qaysi ishlarni o‘z-o‘zidan bajaraman?

Bir muddat barcha o‘rgangan narsalaringizni unuting. Jamiyat yillar davomida uqtirib kelgan g‘oyalarni ham yoddan chiqaring. Boshqalar sizdan nimani kutayotganiga e’tibor bermang. Ich-ichingizdan nazar tashlab o‘zingizga savol bering: Qanday narsalar men uchun tabiiy tuyuladi? Qachon o‘zimni chinakam yashayotgandek his qilaman, qachon o‘z tabiatimga mos ish qilayogandek sezaman? O‘zingizga baho bermang, boshqalarga yaltoqlanmang ham, ikkilanish ham, o‘z-o‘zini tanqid qilish ham bo‘lmasin. Faqat qiziqish va rohatlanish ortidan yurib ko‘ring. Agar o‘zingizni erkin va shu joyga tegishli deb his qilsangiz, demak to‘g‘ri yo‘ldasiz.

Kommentlar: 12 komment. 12 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Рахмат. Жуда фойдали маслахатла булибти

  2. Qoyil, raxmat

  3. Barcha odatlarni faqat dissiplina orqali boshlash mumkin

  4. Yangi odatni boshlash uchun, uni haqiqatdan ham hoxlash kerak

  5. Karimov Aziz

    Rahmat, juda yoqdi maslahatila

  6. Rahmat, kerak bo’ladi

  7. Botirbek

    Menga kak raz shu kerak edi

  8. Sumayya

    Mana men yana qaytdim smile Yaxshimisizlar?

  9. Salom alaykum! Rahmat, oziz qalesiz?

  10. Menga maqul boldi

  11. Ajoyib maqola ekan, rahmat

  12. Rxmt

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social