Har bir yoshning o’z afzalliklari va imkoniyatlari mavjud. Buni qanday ishlatishimiz esa faqat o’zimizga bog’liqdir.
Hayot qisqa, 20 yosh bo’lganimizda, oldindagi butun hayot abadiydek ko’rinadi. Lekin siz ko’zingiz ochib-yumishga ulgurmasingizdan 40 yoshda bo’lasiz, 20 yil oldin oson va tabiiy hisoblanganning yarmi allaqachon mavjud emas. Shuning uchun, ayrim narsalarni ortga surib bo’lmaydi.
1. O’zingiz haqida o’ylang
Buni siz uchun hech kim qilmaydi. Yoshlik – istaklaringizni bajarish uchun eng yaxshi vaqt hisoblanadi. Keyin siz juda ko’p mas’uliyat va favqulodda muammolarga duch kelasiz.
2. Oddiy narsalardan bahramand bo’ling
Ko’proq sayr qiling. Hali ham vaqt bor bo’lgan paytda, buyuk kitoblarni o’qib chiqin. Shunchaki do’stlar bilan suhbatlashing. Hozirda siz uchun tabiiy bo’lib ko’ringan va keyin ajoyib hashamga aylangan ushbu damlarni qadrlang.
3. Poxodga boring
Tog’larda quyosh chiqishini kutib oling, barcha okeanlar ta’mini his qiling, chang’ida uching. Tabiatning go’zalligini va dunyodagi haqiqiy narsalarni his eting.
4. Kimligingizni bilib oling
Har bir inson noyobdir va uning kuchli va zaif tomonlari bor. Ularni qanchalik tezroq tushunsangiz, hayotingiz yanada osonlashadi. Siz kimligingiz bilan faxrlaning va uni dunyoga ko’rsatishdan qo’rqmang.
5. Hozirgi kunda diqqatni jamlashga harakat qiling
Bu sizga hayotdan zavq olishda yordam beradigan eng muhim narsalardan biridir. O’tmishni o’zgartira olmaymiz, kelajakni to’liq nazorat qila olmaymiz, shuning uchun bu yerda va hozir bizni o’rab turgan narsalarga e’tibor qaratish afzaldir.
6. Odamlar siz haqingizda qanday fikrda bo’lishlari haqida tashvishlanmang
Boshqalarning fikrlariga nisbatan juda og’riqli munosabatda bo’lish – yoshlikning o’ziga xos jihatlaridan biridir. Vaqt o’tishi bilan siz o’zingizni himoya qilishni boshlaysiz, lekin ertaroq boshqalarning fikri haqida tashvishlanmaslikka harakat qiling.
7. Ijobiy shaxs bo’lishga harakat qiling
Yoshlar dunyoga ijobiy qarashadi, lekin keyinchalik ular ko’pincha o’zgarib qolishadi. Ushbu tuyg’uni eslab qolish va saqlashga harakat qiling. Sizning muvaffaqiyatingiz hayotga bo’lgan munosabatingizga bog’liqdir.
8. Salbiy aloqalardan qutuling
Yoshlik paytda osonlikcha odamlar bilan kelishib olamiz va ajralamiz. Yosh ulg’aygan sari buni qilish juda murakkab. Shuning uchun, imkon qadar tezroq atrofingizda sizni bezovta qiluvchi va umuman salbiy ta’sir qiladigan kishilarni olib tashlash yaxshiroqdir.
9. Sayohat qiling
Ko’pchilik sayohatga borishni xohlaydi, ammo ularni orqaga surib qo’yadi. Ammo keyin biz oila, farzandlar, ishga ega bo’lamiz va endi o’zgacha sayohatga chiqolmaymiz. Shuning uchun bugunning o’zida boring. Ha, pul yetmaydi deb aytishingiz mumkin. Lekin O’zbekistonning o’zida Samarqandga Afrosiyob tez yurar poyezdida borib, qaytish mumkin. Bu ko’p mablag’ talab qilmaydi va qiziqarli ta’surotlar ega bo’lib qaytasiz.
10. Chet tilini o’rganing
Boshqa tilni o’rganish boshqa dunyoni kashf qilish kabidir. Bu ko’nikma o’z qobiliyatingizni oshirishi va hatto hayotingizni o’zgartirishi mumkin. Bu ishni keying qoldirmang. Yil o’tgan sari yangi bilimlar olish darajasi yanada murakkablashib boradi.
11. Tajribalar qilib ko’ring
Yoshlik tajriba uchun eng yaxshi vaqtdir. Hozirgi kunda bo’lgan davrda oddiy tuyulishi mumkin bo’lgan narsalar yoshi kattaroqda butunlay jinnilik kabi ko’rinadi.
12. O’zingizga yaqin bo’lgan doirani yarating
Har birimizda qiyin paytlarda ishonishimiz kerak bo’lgan insonlar bor. Odatda bu oila va do’stlardir. Agar qarindoshlarni tanlamasak, do’stona munosabatlarning miqdori va sifati bizga bog’liq.
13. O’rganing
O’smirlar hamma narsani bilamiz deb o’ylashadi. Va kata bo’lganda, siz hech narsani bilmasligingizni tushunasiz. Shuning uchun yoshlikdan yangi narsalarni o’rganish juda muhimdir. Bu ko’nikma sizga bir martadan ko’proq yordam beradi.
14. Yaxshi odatlarni rivojlantiring
Sizning hayotingiz yoshlikda paydo bo’lgan odatlarga juda bog’liq. Keyin sizga zararli narsalardan xalos bo’lishingiz va foydali bo’lishingiz juda qiyin bo’ladi. Shuning uchun, bu bilan ertaroq shug’ullaning.
15. O’z chaqirig’ingizni toping
Yaponiyada, bu “ikigay” degan go’zal so’zdir. Siz qanchalik o’z chaqirig’ingizni tezroq bilib olsangiz, shunchalik ko’proq muvaffaqiyatga erisha olasiz va hayotingiz baxtga to’ladi. Umuman olganda, baxtsiz odamlarning barcha hikoyalari yo’qolgan yoki kashf qilinmagan ma’no hikoyalaridir.
16. Sport bilan shug’ullaning
Bu, albatta, foydalidir. Biz yosh va sog’lom bo’lsak-da, jismoniy mashqlar qilishning hojati yo’q deb o’ylashimiz mumkin. Va yillar o’tgach, o’zingizni shakllantirish juda qiyin bo’ladi. O’zingizni tashlab qo’ymang.
To’g’ri narsalarni qilishni boshlashga hech qachon kech emas, biroq ularning ba’zilarini yoshlikda boshlash yaxshiroq bo’ladi. Vaqtni behuda o’tkazmang, hayotingiz bevosita unga bog’liq. Harakat qiling!
Hayotdan zavq olish lozim yoshlik beboshlik deyishadi keksalikda afsuslanmaslik uchun hozir harakat qilish kerak
Juda togri!