“Yoshlik endi hayotning eng baxtli qismi emas”. BMT tadqiqoti yoshlar ruhiy salomatligida global inqirozni aniqladi

“Yoshlik endi hayotning eng baxtli qismi emas”. BMT tadqiqoti yoshlar ruhiy salomatligida global inqirozni aniqladi

Uzoq vaqt davomida baxtiyorlik hissi U-shaklidagi qonuniyatga amal qiladi, degan faraz ustun edi. Unga ko‘ra, insonlar yoshligida tashvishsiz, beg‘ubor vaqtni o‘tkazadi, keyin o‘rta yoshda qiyinchiliklarga duch keladi, so‘ng yoshi ulg‘aygan sayin hayotdan qoniqish hissi yana ortadi.

Ammo BMT topshirig‘iga binoan o‘tkazilgan yangi tadqiqotga ko‘ra, baxtiyorlik indeksining ushbu modeli endilikda zamonamizga to‘g‘ri kelmaydi. Bugungi yoshlar eng baxtli avlod emas, aksincha, hayotdan qoniqish hissi yosh oshgani sayin ortib bormoqda, bir vaqtning o‘zida esa yoshlar ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolarni ko‘proq boshdan kechirmoqda.

Insoniyat farovonligi bo‘yicha mutaxassislar Jin Tvenge va Devid Blanchflauer fikricha, so‘nggi o‘n yil ichida ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar yoshlari, ayniqsa, ayollar o‘rtasida baxtiyorlik darajasi keskin pasaygan. Olimlar buni smartfonlar va ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri bilan bog‘lamoqda, chunki farovonlikning pasayishi internetdan foydalanishning ko‘payishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan. Boshqa omillar qatorida mutaxassislar kiberbullingning ta’sirini va tashqi ko‘rinishga qarab odamlarni baholash madaniyatini ham qayd etgan.

“Yoshlar asosiy vaqtini yolg‘izlikda kechirmoqda. Muammo odamlar ekranga qarab soatlab vaqt o‘tkazishida emas, balki ularning boshqa mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanmasligigadir. Zamonaviy yoshlar do‘stlari bilan kamroq uchrashmoqda, kamroq muloqot qilmoqda” deydi tadqiqot mualliflaridan biri Devid Blanchflauer.

Olimlarning ta’kidlashicha, yoshlar o‘rtasidagi ruhiy salomatlik inqirozi jiddiy ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, jumladan, mehnat unumdorligining pasayishi va farovonlik kamayishi tufayli ta’lim va ishdan bo‘shagan odamlar sonining ko‘payishi kutilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ushbu hodisaning ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlardan tashqarida qanchalik keng tarqalganligini aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazishni buyurdi.

“Biz doim baxtlilik hissining hayot qiyinchiliklari tufayli yoshga qarab kamayib, keyin barqarorlashishiga ishongan edik, ammo endi biz bu nazariyani butunlay qayta ko‘rib chiqishga majburmiz”, deya xulosa qildi Blanchflauer.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Хакикатдан хам шунака

  2. Тимур

    Хозир интернет диб одамла жуда куп депрессияга учрашвотти

  3. Тимур

    Бошкалани хаетига караб, бойли пул диб бошларини юкотишвотти

  4. Тимур

    Интернетда курсатилган нарсаларни 90% елгон булади

  5. Тимур

    Шунга узилани хаетилани яхши курила. Ундан киммат нарса йук.

  6. Ulugbek

    Instagram va TikTot hayotni oldirvotti.

  7. Umidbek

    Hammasi haqiqat. Hozir hamma depressiyada, baxtli yoshlar juda kam

  8. Nimaga shunaqa? Nimaqa hamma ozini boshqalar bilan taqqoslidi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social