Android 11 operatsion tizimi taqdimoti sanasi ma’lum qilindi

Android 11 operatsion tizimi taqdimoti sanasi ma’lum qilindi

Google kompaniyasi dasturchilar uchun Google I/O anjumani o‘tkaziladigan sanani ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, anjuman AQShning Mauntin-Vyu shahrida (Kaliforniya shtati) 12-14 may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda Google bosh direktori Sundar Pichai tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Mutaxassislarning fikricha, aynan shu tadbirda yangi Android 11 operatsion tizimi taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi.

Ekspertlar, shuningdek, Google may oyida Pixel smartfonlari uchun yangilanmalarni taqdim qilishi mumkinligini ma’lum qilishgan.

Ta’kidlab o‘tish joiz, Android 10 operatsion tizimi 2019 yil 7 may kuni taqdim qilingan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social