Bir oydan so`ng Apple yangi gadjetni taqdim qilmoqchi

Bir oydan so`ng Apple yangi gadjetni taqdim qilmoqchi

10 sentyabr` kuni Apple yangi iPhone 5S smartfoni va nisbatan arzonroq iPhone 5C smartfonlari taqdimotini o`tkazgan edi.

Endilikda Apple planshetlarining keyingi avlodi taqdimoti 15 oktyabr` kuni bo`lib o`tishi mumkin. Kuzdagi ikkinchi taqdimotida Apple o`z planshetlarining yangi avlodlarini – iPad 5 va iPad Mini 2’ni namoyish etishi kerak. Xabarlarga ko`ra, har ikkala modelning korpusi yanada ingichkalashadi, iPad Mini 2 esa tasvirni yuqori aniqlikda ko`rsatuvchi Retina displeyi bilan ta`minlanadi.

Bundan tashqari, oktyabrdagi taqdimotda Apple yangi iMac komp`yuterlari va MacBook Pro noutbuklarini ham namoyish etishi kutilmoqda. «Aqlli» Apple iWatch soatlarining taqdimoti to`g`risida hozircha hech qanday xabarlar yo`q.

Shuningdek, Apple yangilangan iOS operatsion tizimining yangi versiyalari – iOS 7.0.1, iOS 7.0.2 va iOS 7.1’ni ichki sinovlardan o`tkazishni boshlagani ham ma`lum bo`lgan. Taxminlarga ko`ra, operatsion tizimning yangi versiyalarida xatoliklarni bartaraf etish bilan birga, smartfonni avtomobil` navigatsiya tizimi bilan integratsiya qiluvchi iOS-in-the-Car funktsiyasi, shuningdek, M7 chipi asosida harakatni kuzatib boruvchi model` ham qo`shilishi kutilmoqda.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social