“Ubuntu” tizimini afzal ko`radigan foydalanuvchilarga yangilik bor. “Canonical” kompaniyasi hamda Ispaniyaning BQ ishlab chiqaruvchi bilan dunyodagi birinchi “Aquaris M10 Ubuntu Edition” planshetini taqdim etdi.
Asosiy farq qiladigan narsa shundaki, standart mobil interfeysdan tashqari, yangilik butunlay OS Ubuntu uchun ishlab chiqarilgan ilovalar bilan personal komp`yuterga aylanishi mumkin. Buning uchun Bluetooth orqali simsiz sichqonchani va klaviaturani ulash kerak bo`ladi. Tashqi monitor esa micro HDMI port orqali ulanadi.
BQ Aquaris M10 Ubuntu Edition plansheti 10.1-dyuymli va 1920×1200 pikselli ekran, 4-yadroli 1.5 GGts MediaTek MT8163A chipset, 2 GB operativ xotira va 16 GB o`z xotirasiga ega, hamda unda microSD kartalar uchun joy 64 GB gacha, 8-Mp asosiy kamerasi avtofokus va ikki LED, 5-Mp oldi kamerasi, oldidan stereodinamik Dolby Atmos va akkumulyatori 7280 mAch mavjud.
Moslama 470 gramm vaznga ega va 8.2 mm qalinlikni tashkil qiladi. Planshet shu yilning ikkinchi choragida sotuvga chiqishi mo`ljallangan. Narxi esa hozircha belgilanmagan.
Manba: 24gadget.ru