Shvetsariya federal laboratoriyasida yangi gadjet ixtiro qilindi. Yangi gadjet yordamida uchuvchisiz qurulmalarni imo ishora orqali boshqarish mumkin. Bilaguzuk maxsus tolalar va sensorlar orqali foydalanuvchining imo ishoralarini kuzatib boradi. Maxsus tolalar foydalanuvchi harakatlarini identifikatsiyalaydi va har bir harakatni dron tushunadigan elektron signallarga o’giradi.
Odatda imo ishoralar yordamida biron bir qurilmani boshqarish uchun visual datchiklar, kamera va foydalanuvchidan ba’zi bir harakatlarning aniq bajarilishini talab qiladi. Yangi usul foydalanuvchidan hech qanday maxsus noadatiy tana harakatlarini talab etmaydi. Yangi tizim keyinchalik qo’l soatlarida ham qo’llanilishi mumkin.