Google Chrome dizaynini yangiladi

Google Chrome dizaynini yangiladi

Chrome brauzeri 1-sentyab kuni 10 yoshga kirdi. Tug’ilgan kun sharafiga Google brauzer interfeysini yangiladi va yangi xususiyatlar qo’shdi.

Ko’rinadigan o’zgarishlardan biri yorliqlar bo’lib, ular dumaloq shaklga ega bo’ldi. Shundan kelib chiqqan holda, bir nechta yorliqlar qachon ochilganligini farqlash osonroq. Interfeysning boshqa elementlari ham yumaloq shaklga ega bo’ldi.

Google Chrome brauzerining manzil chiziqlarini yaxshiladi. Endilikda natijalarni darhol ko’rish mumkin, bu narsa alohida yorliqni ochmaslik uchun qilingan. Unda taniqli shaxslar, sport musobaqalari yoki ob-havo to’g’risida ma’lumotlar bo’lishi mumkin.

Bundan tashqari, Google auto to’ldirish – parollar, manzillar, kredit karta raqamlari tizimini takomillashtirdi. Yangi saytlarga ro’yxatdan o’tishda brauzer Google akkauntingizda saqlanadigan ishonchli parollar taqdim etadi.

Chromening yangilangan versiyasi barcha kompyuter va mobil platformalarda mavjud.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social