Googlening xavfsizlik muhandislari Chrome brauzerini iloji boricha tezroq yangilab turishni tavsiya qilishdi. Bu mutaxassislar tomonidan o’tgan hafta kashf etgan CVE-2019-5786 kritik zaiflik bilan bog’liqdir.
Xato, veb-ilovalar foydalanuvchining kompyuterida saqlangan fayllar tarkibini o’qish imkonini beradigan brauzerga asoslangan “FileReader” boshqaruviga taalluqlidir. Zerodium boshlig’i Chauki Bekrar ta’kidlaganidek, shu orqali hujumchilar shubhali dasturlarni tekshirishi va kompyuterga zararli viruslarni jo’natishi mumkin ekan.
Mazkur xatoni tuzatilishi Chrome brauzerining so’nggi versiyasiga kiritilgan – 72.0.3626.121, u 1-mart kuni taqdim etildi. Brauzer avtomatik tarzda yangilanadigan foydalanuvchilarga hatto so’nggi versiyani shaxsan o’zlari yana tekshirishni tavsiya qiladilar. Buni bajarish uchun, brauzerni ochib “Chrome brauzeri haqida” yorlig’ini bosing va u yerdan tekshirishingiz mumkin.