Huawei o’zining birinchi noutbukini taqdim etdi va u MacBook ga juda o’xshaydi

Huawei o’zining birinchi noutbukini taqdim etdi va u MacBook ga juda o’xshaydi

Agar logolarni o’chirsangiz, MateBook X 12-dyumli noutbukni MacBook bilan adashtirish juda oson. Texnik jihatidan bir necha o’xshashlik bor, ammo muhim farqlari ham mavjud.

Ikki noutbukning o’xshash tomonlardan biri – ventilyatorsiz sovutish tizimidir. Har ikki holatda ham issiqlik chiqarish materiallar ishlatiladi, bu esa noutbuklarni yanada yupqaroq va yengil qiladi. Huawei noutbuki bu masalada raqobatchidan oshib ketdi va noutbukning qalinligi 12,5 mm, MacBookniki esa 13,1 mm qalinlikga teng.

Shu bilan bir qatorda, 2304 1440 × piksel 12-dyumli Retina-displeyga qarshi, MateBook X 13-dyumli 2K-ekranni taklif qiladi. Noutbukning yana bir kuchli tomonidan biri – Dolby Atmos ovozidir.

Yangilik yettinchi avlod Intel Core i7, 8 GB operativ xotira va 512 GB xotira bilan jihozlangan.

Huaweining ta’kidlashicha, batareya 1080p-videoni 10 soat davomida ko’rish imkoniyatini beradi. Muhim farqlaridan biri, Huawei barmoq izlari skanerga ega. Bu tizimga kirishda qulaylik yaratadi. MateBook X 1570 dollar narxi bilan sotuvga chiqadi.

Manba: Lifehacker

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social