Instagram “Superzoom” yangi effektlarini qo’shdi

Instagram “Superzoom” yangi effektlarini qo’shdi

Shu kunlarda Instagram “Stories” da “Superzoom” yangi funksiyasini qo’shdi. Endi ularning soni 4 ta dan 10 ta gacha ko’paydi. Oltita yangi va ajoyib effektlar mavjud bo’ldi:

Yurakchalar; Paparazzi; Yong’in; Rad etish muxri; Xafalik va Hayratlanish.

Ushbu yangi effektlarni ishlatish uchun “Stories” rejimida “Superzoom” funksiyasini tanlashingiz kerak va keyin barcha effekt tugmachalari paydo bo’ladi. Ta’kidlash joizki, bu effektlar juda yaxshi qilingan va barcha Instagram foydalanuvchilari uchun maqul keladi.

Agar siz Instagramdagi ushbu yangi effektlarni topa olmasangiz, ilovani eng yangi versiyaga yangilashingizni maslahat beramiz.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social