Lenovo kompaniyasi “Smart Cast” nomli yangi texnologiyani namoish etdi. Bu texnologiya smartfon orqali tasvirni har qanday yuza qismda katta o`lchamda tasvirlash imkonini beradi.
Smartfonga lazer proektor o`rnatilgan bo`lib, shu orqali proeksiya hosil bo`ladi. Xitoy kompaniyasining ta`kidlashicha, moslamaning tepa qismida joylashgan proektor ikki modulga ega. Ularni o`zgartirish mumkin, natijada esa tasvir gorizontal hamda vertikal tasvirlanadi.
Bundan tashqari smartfon funktsional klaviaturani stol ustida ko`rsatib, uning yordamida matn yoki xabarlarni terish ham mumkin. Qolaversa, proektsiya har qanday yuzada o`yin o`ynashga ham imkoniyat beradi.
Lenovo ushbu texnologiyani hali sotuvda mavjud bo`lmagan smartfonda namoyish etdi, ammo va`daga ko`ra yaqin kunlarda “Smart Cast” texnologiyasiga ega bo`lgan smartfonlar sotuvga chiqadi.
Manba: ilenta.com
Yaxshi
Telefoni batareyasi tez otirsa kere?