Gollandiya va AQSh olimlari innovatsion ko`pkanalli optik tolalarni yaratishga muvoffaq bo`lishdi. Mazkur tolalar ma`lumotlarni soniyasiga 225 terabit tezligida jo`natadi. Bu esa zamonaviy standartlarga ko`ra 20 baravar ko`proq va oldingi rekorddan 6 karra ko`proq deganidir.
Ma`lumotlarni jo`natish tezligini oshirishi IT sohasidagi eng rivojlanayotgan qismi hisoblanadi. Ushbu sohada jamiyatg va iqtisodiy ehtiyojlar o`sib bormoqda, shuning uchun insoniyatni yanada tezkor internet bilan ta`minlash kundan kunga rivojlanmoqda.
Yangi rekord, barcha kutishlardan ham oshib ketdi: oldingi tezlikdan olti karra o`zib ketishga erishildi. Hamma gap, Eyndxoven Texnologiya universiteti va Floridaning Markaziy universitet olimlari tomonidan o`ylab topilgan muhim optik toladir. Odatiy turdagi bir kanalli optik tola o`rniga, olimlar ettitisini yaratishdi. Bir manoda bu bir tarafli yo`nalishdagi etti yo`lakchali avtomagistral`ga o`xshaydi.
Bunda tashqari olimlar yana ikki ma`lumotlarni jo`natish ortogonal` o`lchovini qo`shishdi. Agarda ilgarigi yo`l misol tariqasida davom ettirsak, demak bu narsa uch avtomobil` (ya`ni ma`lumot paketlariga) bir birini ustida bo`lib turib harakatlanishga imkoniyat beradi, bu ham natijaga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Olimlarning fikricha, mazkur rivojlanish yangi 1 petabit soniyasida jo`natish uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi.