Mart oyining eng kuchli 10 ta Android smartfonlari e’lon qilindi

Mart oyining eng kuchli 10 ta Android smartfonlari e’lon qilindi

Antutu deb nomlangan interner nashri an’anaga ko’ra oyning eng samarali Android smartfonlar reytingini e’lon qiladi va hozirda 2019-yilning mart oyi reytinglari tayyor.

Birinchi va ikkinchi o’rinlarni “Xiaomi Mi 9 Explorer Edition” va “Xiaomi Mi 9” egalladi. Bu aka-uka ikka smartfonlar orasida juda kichik farq mavjud. Har ikkala qurilmada ham 8-nm Snapdragon 855 chipi o’rnatilgan. Fevraldagi reytingda “Xiaomi Mi 9” TOP-10 ning birinchi o’rinini egallagan edi.

Uchinchi o’rinda, “Vivo” ning “iQOO Monster” smartfonini joy oldi. Ushbu model 12 Gbayt operativ xotira va yuqori o’rindagi smartfonlar kabi Snapdragon 855 protsessori bilan jihozlangan. “Antuti” mutaxassislariga ko’ra, “Xiaomi” qurilmalari optimallashtirilgan bo’lib, ular tezkor ishlaydi, bu esa energiya sarflashga olib keladi. Ayni paytda, “iQOO” ko’proq batareyaning ishlash muddatini uzaytirishga qaratilgan.

To’rtinchi va beshinchi o’rinlarni Samsung ning “Galaxy S10 +” (359987 ball) va “Galaxy S10” (359217 ball) egalladi. 6-o’rinda Vivo ning standart “IQOO smartfon” ni egalladi (356,510 ball). Yettinchi o’rin “Lenovo Z5 Pro GT” (348 591) ga beriladi. Sakkizinchi o’rinda “Nubia Red Magic Mars” (315,200) va TOP-10 likni “Honor V20” (306 306) va “Huawei Mate 20 X” (309 174) yakunlab berdi.

Aprel oyida TOP 10 lar reytingi o’zgarishi mumkin, chunki “Huawei P30” va “P30 Pro”, “OPPO Reno” va “Meizu 16s” yangi smartfonlari taqdim etiladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social