Meridiist Infinite – avtonom zaryadli telefon (+video)

Meridiist Infinite – avtonom zaryadli telefon (+video)

Shveytsariyaning soat ishlab chiqaruvchi Tag Heuer kompaniyasi, o`zining Meridiist lyuks telefonning yangi versiyasini taqdim etdi. Meridiist Infinite nomiga sazovor bo`lgan telefonning asosiy hususiyati bu – Wysips Crystal texnologiya orqali o`zini zaryad qilish qobiliyatidir.

Wysips Crystal, bu tiniq fotoelektrik material, maxsus qoplama va telefonning suyuqkristalli ekran orasida joylashgan yupqa qatlamdir va uni hattoki ko`z bilan ko`rib bo`lmaydi. Telefondagi energiya yig`ish, tabiy va suniy yorug`lik orqali zaryad qilish mumkin.

Meridiist Infinite 2,4 dyuymli TFT LCD displeyga ega va uning ko`rsatkichi 320×240 piksel`, hamda 5 megapiksel` kamerasi bor va telefonning xotirasi 8 Gbaytdan iborat. Ushbu apparatning korpusi 5 sinfli titandan va uglerod tolalardan qilingan bo`lib, uning ustida OLED-panel` joylashgan, ushbu panel` qo`shimcha ma`lumotlarni ko`rsatadi. Mobil telefon ikkita SIM-karta bilan ham ishlaydi.

Shveytsariyaning soat ishlab chiqaruvchi kompaniya Tag Heuer shunday telefonlarni chiqarishda birinchi bo`ldi va Meridiist Infinite bozorlarda shu yildan boshlab chiqadi.

Video:

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social