Microsoft dan yangi Surface Book noutbuk. Bu qanchalik MacBook Pro dan farq qiladi?

Microsoft dan yangi Surface Book noutbuk. Bu qanchalik MacBook Pro dan farq qiladi?

Microsoft kompaniyasi taqdimotda nafaqat yangi smartfonlar “Lumia 950”, “Lumia 950 XL” va Surface Pro 4 planshetini taqdim etdi, balki yangi “Surface Book” deb nomlanuvchi noutbukni ham taqdim qildi. Microsoft ning aytishicha, “Surface Book” noutbugi “MacBook Pro” dan ko`ra ikki barobar tezkor ekan.

Moslama 13,5-dyuymli (3000×2000) sensor displeyga ega va “Corning Gorilla Glass 4” oyna bilan himoyalangan.  Hamda “Surface Pen” bilan ishlashi mumkin.

Aytib o`tish joizki, displey  va klaviaturani ajratib olish mumkin. Lekin, ishlab chiqaruvchilar moslamani aynan noutbuk deb nomlashdi.

Asosi oltinchi avlod “Intel Core i7” protsessordan, “NVIDIA GeForce” grafikasi va 16 GB gacha operativ xotiradan tashkil topgan. Shu bilan birga moslama zaryaddan so`ng 12 soat ishlashi mumkin. Moslama 8 megapikselli asosiy kamera va 5 megapikselli orqa kameralarga ega.

Moslamaning o`lchami 312,3 x 232,1 x 13 – 22,8 mm, og`irligi  1516 grammdan boshlanadi, hamda, USB 3.0 ikkita portga va SD kartalar uchun mahsus joyga ham ega. Moslamaning narhi $1499 dan boshlanadi.

Manba: www.ferra.ru

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social