Microsoft kompaniyasi AQShda shaxsiy Surface planshetli kompyuterini taqdim etdi. Bu planshet Apple ning iPad planshetiga raqobat qilaolishi kutilmoqda. Yangilik Windows 8 operatsion tizimida ishlaydi va sotuvga shu yilning oxirida chiqadi. Komp`yuter ekranining yuzi 10,6 dyuym bo`ladi (27 sm). Surface ning eng asosiy boshqalardan ajratib turadigan narsa – qo`shimcha o`rnatilgan poyasi, u esa o`z vaqtida klaviatura xizmatini xam bajaradi.
Kompaniya ijro etuvchi direktori Stiven Ballmerning aytishi bo`yicha “maxsulot Microsoft ning uzoq olib borgan ishlari natijasidir, eng zamonaviy texnologiyalar bilan va o`zida eng zamonaviy xizmatlardan iborat”. Kompaniya xale yangilikga narx belgilamagan, ammo ekspertlarning aytishi bo`yicha komp`yuter iPad dan arzonroq bo`ladi.
Analitiklarning aytishlari bo`yicha kompaniya Apple ga bosim o`tkazishni boshladi, ayniqsa maxlsulotning taqdimot qilish uslubida. Jurnalistlar “maxfiy” tadbirga bir necha kun oldin taklif etilgan edilar, va o`tkazilish joyi haqida marosim boshlanish kuni ertalab xabar olishdi. Tadbir taklifnomalarda matbuot xodimlariga faqat Microsoft dan “maxsus bayonot” bo`lishi xaqida aytilgan edi.
Ekspertlar yana shuni ham takidlab o`tishmoqdaki, Microsoft kompaniyasi faqatgina Apple kompaniyasi bilan raqobatchilik bo`layotgani sabab shaxsiy planshet yaratish qaroriga keldi. Undan tashqari yangi kompyuter 2012 yilda ko`zgi bozorda chiqadigan Windows 8 tizimining ko`tarilishi uchun yordam deb yaratilgan.
xa juda chiroyli planshet ekan
ха компаниялар бир биридан олиб боряпти экан, ракобатчилик кучли )))
vux ti, kreativni qilishkan planshetlarni