Microsoft yangi Modern Keyboard ni sotuvga chiqardi

Microsoft yangi Modern Keyboard ni sotuvga chiqardi

Microsoft Modern Keyboard with Fingerprint ID tavsifi Microsoft rasmiy web-saytida paydo bo’ldi. Surface Keyboardiga tashqi tomondan o’xshashlikga ega bo’lgan yangi klaviatura $130 turadi.

Microsoft Modern Keyboard barmoq datchiklar bilan jihozlangan, u Alt va Ctrl tugmalari orasida joylashgan. Klaviatura simli va simsiz kanal yordamida ishlashi mumkin. Simsiz kanal orqali ishlash holatida Bluetooth LE 4.1 interfeysidan foydalanadi.

Aloqa uzoqligi ochiq maydonda 15 metr, ofisda esa – ikki baravar kamroq bo’ladi. Ikki AAA akkumulyator bilan ikki oygacha ishlay oladi. Korpus alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan. Moslama uzunligi – 421x113x19 mm; og’irligi – 420 gramm ni tashkil etadi.

Manba: rambler.ru

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social