Nima uchun iOS dan Android ga o’tishadi va aksincha?

Nima uchun iOS dan Android ga o’tishadi va aksincha?

PCMag jurnalistlari so’rovnoma o’tkazdilar. Buning natijasida ular Android egalarini iOS (iPhone) ga va aksincha iOS egalari Androidga o’tishini sababi nima ekanligini aniqlashdi. Ushbu tadqiqot 2,5 ming amerikaliklar orasida o’tkazildi va operatsion tizimni o’zgartirishning ikkita asosiy sababi aniqlandi: bular foydalanuvchi tajribasi va narxi ekan.

Tadqiqotda ishtirok etgan kishilarning faqat 18% Android dan iOS ga ko’chib o’tdi va aksincha xolatda faqat 11% ni tashkil qildi. Qolgan 71% aholining aytishicha, ular bir platformadan ikkinchisiga o’tishmagan. So’rovnoma o’tkazilgan odamlar orasida iPhone egalarining 54% va Samsung egalarining 27% bor edi.

Amerikaliklarning 47% Androiddan iOSga ko’chdi, chunki Apple operatsion tizimi yanada qulay va ularga sifatli tajriba beradi. Huddi shu sabab bilan 30% foydalanuvchilar iOS dan Androidga ko’chib o’tdi.

So’ralganlarning 29% Android qurilmalari iOS qurilmalaridan arzonroq ekanligini tan oldi va bu holat boshqa operatsion tizimga o’tish uchun sabab bo’lgan.

Bitta operatsion tizimdan ikkinchisiga o’tish tajribangiz bormi? Nima sababdan bunday qarorga kelgansiz?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social