AQSh kompaniyasi FINsix Corporation noutbuklar uchun qisqa zaryad moslamani taqdim etdi va uning o`lchami mobil telefonlar uchun bo`lgan zaryad moslama bilan teng keladi.
Mazkur moslamada 65 vatt quvvatli tizimda alohida blok pitaniya xam yo`q va u shtepsel vilkasi bilan ulangan. Ishlab chiqaruvchilarning ta`kidlashicha, u an`anaviy noutbuklarning zaryad moslamalariga qaraganda 6 marotaba engil va 4 marotaba kichikroqdir. Ammo ushbu moslama qaysi kompyuterlar bilan ishlashi aniqlanmagan.
Moslama noutbuk uchun moslangan kabeldan tashqari smartfonlar va planshetlarni zaryad qilish uchun USBga ham ega. Natijada noutbuk va uyali tizimlarni bir vaqtning o`zida zaryad qilish mumkin bo`ladi.
Mini-zaryad moslama keyingi oyda Las Vegasda bo`lib o`tadigan CES qo`rgazmada taqdim etiladi. Moslama sotuvga 2014-yilning o`rtalarida chiqishi kutilmoqda va uning narhi hozircha belgilanmagan.
Keyingi yilning bahor oyida Halqaro texnik komissiya noutbuklar uchun zaryad moslamaning bir standartni qabul qilinishi kutilmoqda.
Chiqmadi